C0 = (Ce2 - 4Ccl)/3.
E ndi induktivlikning g'altakning xususiy sig'imi ta'siridan holi i'l od) bo'lgan qiymatini hisoblash mumkin:
Namuna kondensatordagi yo'qotishlarni hisobga olmasdan, rezonansda konturdagi tok uchun va kondensatordagi kuchlanish uchun quyidagilarni yozish mumkin:
I = e/reff ; E = e/ωrC2reff
Bundan tashqari,
I/ ωrCc = ωrLeff
Bu yerdan asllik uchun ushbu ifodani hosil qilamiz:
3. AM A LI V IADQIQOTLARNI BAJARISH METODIKASI
3.1. Rezonans konturining aslligini aniqlash.
Kompyuter dasturini ishga tushirishda o'lchash konturi sxemasiga avtomatik ravishda g'altak №1 ulanadi. Namunali generator chastotasining shkalasini sozlash F0 = 30 MHz belgisiga qo'ying va namunali sig'im modulini ulang.
3.1.1. Kontumi rezonansga sozlashni Cn namunali sig'im bloki yordarnida Q asllik kattaligi maksimal qiymati bo'yicha olib boring.
Asllik qiymatida bevosita belgilangan, voltmetr maksimal sezgirligida, asllikni maksimal qiymatini aniq sozlash uchun qayd qilish zarur. «Grafik» tugmasini bosing va ma'lumotni matematik qayta ishlash bloki yordamida rezonans chastotasini aniq qiymatini o’rnrting.
3.1.2. Keyin Q-voltmetrini «Q-voltmetr» tugmasi bilan yoqing va «Зафиксировать» tugmasini bosing. Olib borilgan operatsivalar natijasida ekranda ikkita belgi paydo bo'ladi. Bitta qizil rangli belgi Q maksimal qiymatiga inos keladi va boshqasi (ko'k rangli) maksimal kattalikdan 0,707 darajada asllik qiymatiga mos keladi. 1-jadvalga Q maksimal asllik qiymatini, F0 rezonans chastotasi va C0 sig'im kattaligini yozib oling.
3.1.3. Keyin F0 nisbatan ikki tomonga kontur buzilishini amalga oshiring. Nominal qiymatga nisbatan C0 sig'imini kamaytirib va oshirib Q-voltemetr ko'rsatkichini 0,707 belgisiga o'rnating, C0 qiymatini kamaytirib 1-jadvalga C, qiymatini yozib oling.
Asbobning ko'rsatkichini 0,707 belgisiga o'rnating, maksimumgacha C0 sig'imini oshirib, C2 sig'imning ikkkinchi qiymatini 1-jadvalga yozib oling.
3.1.4. 1.1-punktga asoslanib kontur rezonansni tiklang, «Q- voltmetr» tugmasini bosing va konturning buzilishini amalga oshiring. F0 generator chastotasini kamayish va oshish tomoniga o'zgartirib, Q-voltmetr qiymatini 0,707 maksimumgacha asllik qiymati darajasida belgilang. Olingan F1 va F2 chastotalarini 3.1-jadvalga yozib olingan eksperiment ma'lumotlariga asoslanib kontur aslliklarini quyidagi ifodalar bo'yieha hisoblab chiqing:
Q1 = 2C0/(C2 – С1); (1)
Q2 = F0/(F2-F1) (2)
O'rta arifmetik qiymatini aniqlang:
Qo’rt = (Q1+Q2+Q3)/3 (3)
Asllikni o'lchashning nisbiy kattaligini quyidagi ifoda bo'yieha hisoblab chiqing:
= 100(Q-Qo’rt)/Qo’rt , (%) (4)
Hisoblangan ma'Iumotlarni 3.2-jadvalga yozib oling.
3.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |