Qurilish materiallari


Polimer pardozlash-bezak materiallari



Download 11,91 Mb.
bet162/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

11.5.2. Polimer pardozlash-bezak materiallari


Pardozlash-bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolatsiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari, ko'pchilik to'suvchi polimer materiallardan ham pardozlash-bezak ishlarida foydalaniladi. Pardoziash list materiallariga qog'oz qatlamli manzarali plastiklar, «poliform», «polidekor» panellar va boshqalar kiradi.
Qog'oz qatlamli manzarali plastiklar awaldan fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog'ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm list ko'rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo'rtma gulli, relyefli matbaa usulida tayyorlangan qog'ozdan yasaladi. Odatda, rasm yog'och (eman, yong'oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko'rinishini ifodalaydi. Qalinligi 1,6 mm bo'lgan plastiklar asosga bitum-rezinali, epoksidli, rezortsin-formaldegidli yelim va mastika bundan qalin plastiklar mix, shurup bilan mahkamlanadi. Qog'oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi.
Yog'och-tolali pardozlash plitalari karbamid, fenolformaldegid smolalari bilan shimdirilgan yog'och tolalari issiq holatda presslab olinadi. Plitalarning o'ng yuzasi silliq, bitta yoki ikkita o'zaro perpendikular yo'nalishlarda rustlangan bo'lib. sintetik emulsiya, emallarga bo'yab, yaltiramaydigan, yarim yaltiroq va oyna jiloli qilib ishlab chiqariladi. Ularning uzunligi 1200-2700 mm, eni 1200-1700 mm va qalinligi 3-6 mm. Plitalar turarjoy va jamoat binolari devorlarini hamda shiftlarini bezashda va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Ular asosga mix va shuruplar yordamida o'rnatiladi.
Yog'och-payrahali pardozlash plitalari termoreaktiv polimerlar va yog'och payrahalari aralashmasini issiq holatda presslab olingan material. Plitalar uzunligi 2500-3500 mm, eni 1250-1750 mm, qalinligi 10-25 mm, o'rtacha zichligi 600-700 kg/m3. Ular o'ng yuzasi lok, emal va bo'yoq bilan bo'yaladi hamda shpon, faner, list plastiklar va shu kabilar bilan qoplanadi.
Uch qatlamli yog'och-payrahali plitalar karbamid smolasi asosida tayyorlanadi. Mustahkamligi va suvga chidamliligini oshirish uchun tarkibiga 1,5% parafin qo'shiladi. Ularning o'rtacha zichligi 750-850 kg/m3, egilishdagi mustahkamligi 24 MPa va suv shimuvchanligi 15% gacha. Plitalar uzunligi 1440-5500 mm, eni 1220-2440 mm, qalinligi 16-24 mm. Ular turarjoy qurilishida pol, eshik qoplamalari, osma shiftlar, mebel tayyorlashda ishlatiladi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish