Qurilish materiallari


-rasm. To'rt valikli kalandrning ishlash sxemasi



Download 11,91 Mb.
bet156/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

11.2-rasm. To'rt valikli kalandrning ishlash sxemasi:
a - G-shaklidagi kalandr; b - Z-shaklidagi kalandr.

Kalandr konstruksiyasi ishlov beriladigan plastik massaning xiliga qarab (rezina yoki termoplast) tanlanadi. Buyum yuzasi tekis bo'lishi uchun ishchi valiklar yuzasi jilolanadi va polirovkalanadi. Kalandr valiklari bug' yoki elektr toki yordamida isitiladi.


Ekstruziya usulida polimer materiallar qizdirilgan massani munshtuk (shakl beruvchi teshik) orqali siqib chiqarib, shakl berib tayyorlanadi. Bu usulda diametri Ф 5-20 mm quvurlar, eni 0,3-1,5 m li plyonka va listlar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Shnekli yoki chevyakli ekstruderlar plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda keng tarqalgan (11.3-rasm). Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint yoki chervyak bo'lib, plastik massani sinchiklab aralashtiradi va vint harakati natijasida bosim ostida munshtukdan siqib chiqarib, shakl beradi. Plastmassa xomashyosi ekstruderga granula, biser yoki kukun ko'rinishida solinadi va mashina tashqi qobig'i ichiga o'rnatilgan maxsus isitkichlar yordamida qizdirib yumshatiladi.





11.3-rasm. Ekstruziya mashinasining ishlash sxemasi:
1- solish bunkeri; 2 - shnek: 3 - kallak; 4 - kalibrlovchi moslama; 5 - massani tortuvchi moslama; 6 - dorn; 7 - filtr.


Presslash usulida plastmassa ishchi organi qizdiriladigan presslarda tayyorlanadi. Press qoliplarda press kukunlar issiq holatda presslanib yoki ko'p qatlamli press qoliplarda listlar, plitalar va panellar bir nechtasi presslanib olinadi (11.4-rasm). Bu usulda, odatda, termoreaktiv polimerlar asosida buyumlar tayyorlanadi, fenoplastlar, aminoplastlar, yog'och tolali va payrahali plitalar shular jumlasidandir.







11.4-rasm. Press-qoliplash (shtamplash) sxemasi:
a- press-material solish; b - qolipni yopish va presslash; d - buyumni
chiqarib olish; 1 - press-material; 2 - press-qolipning isitiladigan matritsasi; 3 - isitiladigan puanson: 4 - press polzuni; 5 - elektr isitkich; 6 - buyum; 7 - buyumni chiqaruvchi moslama.


Tasmali kompozitsion polimer materiallar va panellarni presslash texnologiyasida tayyorlash uchun ko'p qavatli gidravlik presslar ishlatiladi. Ko'p qavatli presslarda yog'och tolali va yog'och payrahali plitalar, qog'oz qatlamli plastiklar, uch qatlamli yelimlangan panellar, tekstolitlar va boshqa kompozitsion polimer qatlamli buyumlar tayyorlanadi.
Press-qoliplarda poliefirlar, epoksid smolasi va shu kabilar asosida sanitariya-texnika buyumlari, rom va eshik qismlari qoliplanadi.
Quyma usulda termoplastik va termoreaktiv polimerlar asosida kompozitsion qurilish buyumlari oddiy va bosim ostida qoliplanadi. Oddiy usulda polimer isitilgan yoki sovuq holatda qoliplarga quyiladi. Oddiy usulda reaktoplastlar asosida polimer qorishma va beton plitalari, panellar va konstruksiyalar, organik shishadan turli buyumlar va dekorativ buyumlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyish usulida, asosan, termoplastik polimerlardan buyumlar polimer qovushqoq-oqma holatgacha quyish mashinasining qizdiriladigan silindrida qizdiriladi va plunjer ochilib, massa qolipga bosim ostida haydaladi. Eritma 20 MPa gacha bosim ostida qoliplanadi. Qoliplarni tez bo'shatish maqsadida ular sovuq suv bilan sovitiladi. Bu usulda polietilen, polipropilen, polistirol va shu kabi termoplastik polimerlar asosida buyumlar tayyorlanadi (11.5-rasm).
Bosim ostida quyilganda buyum ichki nuqsonlarsiz boladi, zichligi va mustahkamligi ortadi; texnologik jarayonni to'la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish