masining xromatogrammasi
209
komponentining turini, cho‘qqining barcha cho‘qqilar yig‘indi yuziga keltirilgan
yuzi esa ayni komponentning konsentratsiyasini belgilaydi.
Gaz-taqsimlash xromatografiyasida esa ko‘p komponentli gaz aralashmalari
xuddi shu tarzda tahlil qilinadi.
43.4-rasmda
gaz-
absorbsion xromatografning
sxemasi keltirilgan. Tahlil
qilinadigan
gaz
namuna
olish liniyasi 1 bo‘yicha
tahlil
qilinadigan
gazni
tayyorlash
paneli
I
ga
keltiriladi, datchik III ga
tushadi,
kran-qayta
ulagichdan
o‘tadi
dozalovchi spiral 7 dan va
yana kran-almashlab ulagich
8dan o‘tadi va rotametr 3
orqali atmosferaga chiqarib
yuboriladi.
Eltuvchi
gaz
ballondan liniya 2 bo‘yicha tayyorlovchi paneli II ning rotametri 4 orqali beriladi,
asbob datchigi detektorining taqqoslash kamerasi 5, almashlab ulagich 8, ajratish
kolonkasi 9, detektorning o‘lchash kamerasi 6 dan o‘tadi va tashqariga chiqib
ketadi.
Almashlab ulagich 8 bir-biriga ishqab moslangan ikkita plastinadan
tayyorlangan bo‘lib, ulardan biriga kanal qilingan va elektr dvigatel bilan
aylantiriladi, shuning uchun u har 60°dan keyin ikki vaziyatni egallashi mumkin.
6.16-rasmda shunday vaziyat ko‘rsatilganki, bu yerda, eltuvchi gaz almashlab
ulagichga kelib, uning kanali bo‘ylab ajratish kolonkasiga yo‘naladi, tahlil
qilinadigan gaz aralashmasi esa namuna oladigan almashtiriladigan spiral 7 dan
o‘tadi, u naycha ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, hajmi 2, 3, 5 va 10 ml ni tashkil
etishi mumkin.
Almashlab ulagichning plastinasi 60°ga burilganida uning kanallari rasmda
shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan vaziyatni oladi. Bu yerda, eltuvchi gaz tahlil
qilinayotgan belgilangan hajmdagi gaz namunasini dozalash spirali 7 dan ajratish
kolonkasiga siqib chiqaradi, gaz aralashmasining asosiy oqimi esa bu vaqtda
almashib, ulagichning boshqa kanali bo‘yicha atmosferaga haydaladi. Almashlab
ulagichning qo‘zg‘aluvchan plastinasi o‘zgarmas vaqt oraliqlarida (3 dan 5 min
gacha) taymer bilan avtomatik tarzda buriladi, bu vaqt tahlil qilinayotgan gaz
aralashmasining tarkibi va uning ajralishiga qo‘yiladigan talabga qarab o‘rnatiladi.
43.4– rasm. Gaz – absorbsion xromatografining
sxemasi
.
210
Ajratish kolonkasi 9 zanglamaydigan po‘latdan yoki misdan ichki diametrini
6 mm va uzunligini 2—10 m qilib (tahlil qilish sharoitlariga qarab) tayyorlangan
hamda ichiga sorbent to‘ldirilgan spiral naychadan iboratdir. Tahlil qilinayotgan
aralashmaning namunasi kolonka 9 ga tushib, uni tashkil etuvchi komponentlarga
ajratadi va detektorlarga yuboriladi.
Datchik detektori tahlil qilinayotgan gaz aralashmasi komponentlarining
ajralishini aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlashi eltuvchi gaz va tahlil
qilinayotgan komponent binar aralashmasi issiqlik o‘tkazuvchanliklarining
ayirmasidan foydalanishga asoslangan. Detektor zanglamaydigan po‘latdan
tayyorlangan massiv blokdan iborat bo‘lib, uning ikkita kameralari 5 va 6 bo‘ladi,
hajmi taxmnnan 0,2 sm
3
keladigan bu kameralarda esa qarshilik termometrlari
(termistorlar) bo‘lib, ular o‘lchash ko‘prigining yelkasini tashkil qiladi. Datchik
kamerasini termostatlashga harorat rostlagichi yordamida erishiladi.
Eltuvchi gaz detektorning kameralari 5 va 6 dan o‘tganida har ikki kamerada
issiliq berish sharoiti bir xil bo‘ladi. O‘lchash sxemasi muvozanatda bo‘ladi va
ikkilamchi asbobning diagrammasida nol chiziq yoziladi. Almashlab ulagichning
qo‘zg‘aluvchan plastinasi 60° ga burilganida eltuvchi gaz dozalash kamerasida
ajratib qolingan namunani siqib chiqaradi va uni ajratish kolonkasiga yuboradi, u
yerdan detektorning o‘lchash kamerasiga goh eltuvchi gaz, goh tegishli binar
aralashma beriladi. O‘lchash kamerasiga issiqlik o‘tkazuvchanligi sof gaz
eltuvchining issiqlik o‘tkazuvchanligidan boshqacha bo‘lgan binar aralashmaning
kirishi natijasida qarshilik termometrining harorati va qarshiligi, binobarin
ko‘prikning muvozanati o‘zgaradi. Muvozanatning bunday o‘zgarishini qayd
etuvchi asbob IV cho‘qqi ko‘rinishida qayd etadi.
Xromatografning boshqarish bloki V ga asbobning o‘lchash sxemasi
elektron harorat rostlagnchi, vaqt belgilovchi — taymer, nolni avtomatik qo‘yish
qurilmasi, almashlab ulovchi qurilma 8 ni boshqarish qurilmasi va rele kiradi.
Sanoatda ishlatiladigan ХП—499 xromatografi gazsimon mahsulotlar-
nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
Xromatograf texnologik oqimlardan olingan gazlarni tahlil qilishga imkon beradi,
tahlil natijalarini uzluksiz qayd etishni ta’minlaydi, shuningdek, standart elektr va
pnevmatik chiqish signallari olishni ta’minlaydi va boshqarish tizimida
foydalanishi mumkin. Konsentratsiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0,05—100%,
asosiy xatoligi ±1%. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
Sanoatda ishlatiladigan «Neftexim—SKEP» xromatografi ko‘p komponentli
gaz aralashmalari, bug‘lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining
harorati 2000S gacha bo‘lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz rejimda
ishlaydi va boshqarish tizimlarida datchik sifatida foydalanish mumkin.
211
Konsentratsiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0—100%, chiqish signallari 0—5 mA;
0—10 V; 0,02—0,1 mPa. Portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Xromatografik gaz analizatorining sxemasi
2. Gaz aralashmasini komponentlarga xromatografik tarzda ajratishning absorbsion
sxemasi.
3. Gaz aralashmasining xromatogrammasi.
4. Gaz – absorbsion xromatografining sxemasi.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |