Personal faoliyatini baholash mezonlari
Ko’rsatkichlar
Mezonlar
Baholar
shkalasi
Ixtisosligiga
oid bilimlar
Chuqur mutaxassis, har taraflama bilimlarga ega
,
bu bilimlar tizimi to’g’risida yaxlit tasavvuri bor.
Fikrlash salohiyati o’z ixtisosligi sohasidamurakkab
nazariy vazifalarni hal etishga qodir
5,0
Mustahkam va tizimli bilimlarga ega, o’z ixtisosligi
sohasida nazariy vazifalarni hal etishga qodir
4,5 – 4,0
Ixtisosligiga oid vazifalarni qoniqarli hal etish
uchun bilimlarga ega
3,5 – 3,0
Bilimlari yuzaki, tizimli emas , ixtisosligiga oid
vazifalarni mustaqil hal qilishga qodir emas
2,5 – 2,0
Kasbiy
ko’nikma va
mahorat
Kasboy ko’nikma va mahorati yuksak rivojlangan,
ixtisosligiga oid amaliy vazifalarnibajarishni
ta’minlaydi
5,0
Kasbiy ko’nikma va mahorati rivojlangan,
ixtisosligiga oid vazifalarni hal etish tegishli
darajasini ta’minlaydi
4,5 – 4,0
Kasbiy ko’nikma va mahorati qoniqarli, ixtisosligiga
oid vazifalarni o’zgalar yordamida yetarli darajada hal
qilishni ta’minlaydi
3,5 – 3,0
Kasbiy ko’nikma va mahorati yaxshi rivojlanmagan,
hodim ulardan amaliy faoliyatda foydalanishda
doimiy nazorat talab etiladi.
2,5 – 2,0
Xizmat
faoliyatiga oid
hujjatlarni
bilishi
Me’yoriy hujjatlarning mazmunini har taraflama va
chuqur biladi, amaliy faoliyatda ulardan ongli
tavishda foydalanadi. O’zi mustaqil ravishda me’yoriy
hujjarlar ishlab chiqa oladi
5,0
Hujjatlar mazmunini yaxshi biladi, amaliy faoliyatda
ulardan doimo foydalanishga intiladi
4,5 – 4,0
Hujjatlar mazmuni bilan tanishadi, lekin ular bilan
doim ishlashga layoqati sust rijovlangan. Me’yoriy
hajjatlar talablari buzilishi hollariga yo’l qo’yadi.
3,5 – 3,0
Hujjatlarni yuzaki biladi. Amaliy faoliyatda ular
talablarini hamishi ham hisobga olmaydi. Me’yoriy
2,5 – 2,0
439
hujjatlar talablari ko’pol buzilishi hollariga yo’l
qo’yadi
Ixtisosligiga
oid
ko’nikmalarni
boyitish va
yangilash
layoqatlari
Ixtisosligiga oid bilimlar, ko’nikma va mahoratini
oshirish ustida faol sobitqadamlik bilan, muntazam
va samarali ish olib boradi. Ixtisosligi sohasidagi
yangiliklarni amalga oshirish va qo’llab –
quvvatlashga qodir
5,0
Ixtisosligiga oid ko’nkmalarni oshirish va yangilash
ustida sidqidildan va samarali ish olib boradi. Kasbiy
faoliyatiga tashabbuskorona munosabatda bo’lishga
moyil
4,5 – 4,0
Ixtisosligiga oid ko’nikmalarni zaruratga qarab
boyitib va yangilab boradi. Yangiliklarga eskicha
munosabati tufayli nisbiy faoliyat natijalari bo’yicha
boshqalardan ajralib turmaydi
3,5 – 3,0
Ixtisosligiga oid ko’nikmalarni sust rijovlantirib
boradi, kasbiy faoliyati natijalari bo’sh, yangiliklarni
yaxshi qabul qilmaydi
2,5 – 2,0
Egallab turgan
lavozimida
tajribadan
foydalanish
darajasi
Xizmar vazifasini yuksak sifat bilan bajaradi, hamisha
xizmat vazifalari talablarini oshirib bajaradi
5,0
Tajribasi xizmat vazifasi talablariga muvofiq , xizmat
vazifalarining uddasidan chiqadi
4,5 – 4,0
Xizmat vazifalariga asosan muvofiq, biroq bu
vazifalarni hamisha ham talab etilgan sifat bilan
bajarmaydi. Xizmat vazifasida kasb tajribasini
boyitish imkoniyatlari tugamagan
3,5 – 3,0
Kasbiy tajribasi yetarli emas . Xizmat vazifalarini
bajarishda talab etiladigan sifatga erishmagan
2,5 – 2,0
Kasbiy
tajribadan
ijodiy
foydalanishga
layoqati
Ixtisosligiga oid murakkab vazifalarni to’gri baholash
hamda ularni hal qilishning yangi samarali yo’llarini
topishga qodir
5,0
To’plangan tajribani tanqidiy baholash hamda
ixtisosligiga oid vazifalarni malakali hal etishda undan
foydalanishga qodir
4,5 – 4,0
Ixtisosligiga oid vazifalarni mustaqil ravishda
yangicha yo’llar bilan hal etishga intiladi. Odat
bo’yicha faoliyat ko’rsatishni ma’qul ko’radi
3,5 – 3,0
Ixtisosligiga oid vazifalarni faqat an’anaviy yo’l bilan
hal eta oladi. O’z sohasidagi yangiliklarni qabul
qilaydi yoki rad etadi
2,5 – 2,0
Bu attestatsiya xolisligini ta’minlash maqsadida qilinadi. Chunki
tajribada amaliy sifatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladigan ikki
440
mutaxassisning attestatsiya natijalariga ko’ra bir xil ball to’plashlari hollari
uchraydi.
Attestatsiya o’tkazishdan avval ekspertlarga personal faoliyatini, ular
amaliy va shaxsiy sifatlarini ob’ektiv baholash, qo’yiladigan ballar
sub’ektiv fikrlarga emas, aniq faktlarga asoslanishi zarurligi uqtirilishi
kerak. Shuningdek, attestatsiya komissiyasining barcha a’zolari personal u
yoki bu sifatlarini baholashda yagona mezonlarga tayanishlari ham
muhimdir. Universal baholash blanki xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.
Attestatsiyada oddiy tartibda ijro etiladigan talablarga alohida e’tibor
qaratish lozim. Xodim ayni paytda bajarib turgan ishi uchun zarur
bo’lmagan sifatlar quyi baholanishi bo’yicha uning xizmat vazifasiga
muvofiqligi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadga muvofiq emas. Bunday
baholar faqat xodim boshqa vazifaga o’tkazilayotgan yoki lavozimda
ko’tarilish uchun zaxiraga kiritilayotgan bo’lsa hisobga olinishi lozim.
Yosh mutaxassislar boshqa xodimlarga nisbatan 2-3 baravar ko’proq
attestatsiya qilinadi. Bu ular har yarim yilda kamida bir marta attestatsiya
qilinishi kerakligidan dalolat berib turibdi.
Rahbar xodimlar attestatsiyasini o’tkazishga ega katta tayyorgarlik
ko’rish talab etiladi. Chunki ular faoliyatini baholash u yoki bu rahbar o’z
vazifasini qanday bajarayotganligini aniqlash bilan bir qatorda, u qanday
yordamga muhtojligi, bu rahbardan kelgusida qanday foydalanish
mumkinligiga oydinlik kiritadi. Malaka oshirish, kadrlarni joy-joyiga
qo’yish istiqbolli rejalarni tuzishga yordam beradi.
441
Personal attestatsiyasini to’g’ri rasmiylashtirish ham katta ahamiyatga
ega. Quyida attestatsiya hujjatlaridan namunalar ilova etilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |