belgilanadi.
Personalga tarif asosida haq to’lash uchun,
eng avvalo, jamoa
shartnomasida mehnat me’yorlarini (xizmat vazifalarini) bajarganlik uchun
to’lanadigan eng kam haq miqdori qayd etiladi. Bu eng kam tarif stavkasi
hisoblanadi.
Jahon tajribasi ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar uchun 17-22 tarif
razryadlaridan iborat bo’lgan yagona tarif setkalarini joriy etish maqsadga
muvofiqligidan dalolat berib turibdi. Bu xodimlar
turli guruhlari tarif
stavkalari nisbatini to’g’ri belgilash, korxona
va tashkilotlar tarif
tizimlariga o’zgartirishlar kiritishni engillashtirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning 0 dan 22 gacha
razryadi bo’lgan Yagona tarif setkasi joriy etilgan. U O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 oktyabrdagi 273-son
“Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 iyuldagi 309-son “Mehnatga haq
to’lashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi
Qaroriga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq
quyidagichadir:
9.5-jadval
O’zbekiston Respublikasida Mehnatga haq to’lashning Yagona
tarif stavkasi
Mehnatga haq to’lash
razradlari
Tarif koeffisientlari
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
377
Ushbu Yagona tarif setkasi barcha xodimlar
- eng past malakali
xodimlardan boshlab respublika miqyosidagi eng yuqori lavozimdagi
rahbarlar mehnatiga haqto’lashni ko’zda tutadi.
Yagona tarif setkasi xodimlar barcha
toifalari mehnatiga razryad
bo’yicha haq to’lash tizimi hisoblanadi. Razryadlar bo’yicha haq to’lash
stavkalari bajarilayotgan ishning murakkabligi hamda xodimlar
malakasiga qarab tabaqalashtiriladi. Ish haqida boshqa omillar:
mehnat
sharoiti, shaxsiy mehnat natijalarining belgilangan me’yor-dan ortiqligi,
xodimlarning shaxsiy sifatlari va hokazolar mehnatga haq to’lashning
boshqa elementlari vositasi bilan tabaqalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasida Yagona tarif setkasining joriy etilishi
mulkchilikning turli shakllariga mansub
korxona va tashkilotlarda
mehnatga haq to’lashning tarif tizimini muvofiqlashtirishga xizmat qildi.
Bu bozor munosabatlari sharoitida mehnatga haqto’lashning ijtimoiy
jihatdan adolatli tamoyili - bir xil murakkablikka ega mehnatga (bu mehnat
qaysi sohada bajarilganligidan qat’iy nazar) bir xil ish haqi to’lashni
ta’minlaydi. Ayni vaqtda bu mehnatkashni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
imkoniyatini yaratadi.
Yagona tarif setkasini ishlab chiqishda tarif stavkasini oddiy mehnatni
bajaradigan xodimga to’lanadigan eng kam
ish haqiga mos keladigan
miqdordagi razryadni belgilash tamoyili asos qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: