Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

To’rtinchi bosqichda
boshqaruvning o’rta bo’g’ini rahbarlari bilan 
ish olib boriladi. Mazkur bosqichda shakllangan yosh rahbarlar guruhiga 
faoliyat ko’rsatib kelayotgan iqtidorli sex boshliqlari va ularning 
o’rinbosarlari qo’shiladilar. O’rta bo’g’in rahbarlari bilan yakkama-yakka 
482


ish olib boriladi. Ularga yuqori bo’g’in rahbari murabbiy sifatida biriktirib 
qo’yiladi. Murabbiy personalni boshqarish xizmati mutaxassislari bilan 
birgalikda o’rta bo’g’in rahbarlarining amaliy va shaxsiy xislatlarini tahlil 
etib chiqib, ular uchun shaxsiy tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqadi. 
Odatda bu o’qitish dasturi tijorat faoliyati asoslari, amaliy munosabatlar, 
boshqaruvni tashkil etishning ilg’or usullari, iqtisodiyot va huquqshunoslik 
masalalarini qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’rta bo’g’in rahbarlarining 
tarmoqning ilg’or korxonalarida stajirovkadan o’tishlari rejalashtiriladi. 
Har yili bu rahbarlarning kasbiy ko’nikmalari, jamoaga rahbarlik qilish, 
murakkab ishlab chiqarish muammolarini hal etish layoqatlari test 
sinovlaridan o’tkaziladi. Ana shu sinovlar natijalari bo’yicha har bir o’rta 
bo’g’in rahbarini kelgusida lavozimda o’stirish yuzasidan takliflar 
tayyorlanadi.
Beshinchi bosqichda 
yuqori bo’g’in rahbarlari bilan ish olib boriladi. 
Yuqori bo’g’inga rahbarlikka tayinlash murakkab jarayondir. Chunki bu 
lavozimni egallash uchun nomzodlarga qo’yiladigan talablar o’ta 
murakkabdir. Yuqori bo’g’in rahbari tarmoqni ham, kompaniya yoki 
firmani ham mukammal bilishi kerak. Shu bilan birga bunday rahbarlar 
ishlab chiqarish, moliyaviy, personal bilan ishlash masalalaridan yaxshi 
xabardor bo’lishi, g’oyat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarda 
samarali faoliyat ko’rsatish uchun korxonaga tegishli bo’linma va 
xizmatlarida ish tajribasiga ega bo’lishlari lozim. Shuning uchun mazkur 
lavozimga nomzodlarni korxona bir bo’linmasidan ikkinchisiga o’tkazish 
(gorizontal siljitish) ular quyi va o’rta bo’g’in rahbarlari vazifalarida ishlab 
turgan vaqtlarida amalga oshirilishi kerak.
Bugungi amaliyotda yuqori bo’g’in rahbarligi lavozimiga nomzodlarni 
tanlash va tayinlashni tanlov asosida amalga oshirish tajribasi ham 
mavjud. Bu tanlovni yuqori bo’g’in rahbarlari, tegishli mutaxassislar, shu 
jumladan mustaqil ekspertlardan iborat maxsus komissiya o’tkazadi.
Boshqaruv xodimlari kar’erasini rivojlantirishda chet el tajribasini ham 
hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shu jihatdan Yaponiya 
kompaniyalarida xizmat vazifasi va lavozimda o’stirish tajribasi (11.20- 
rasm) diqqatga sazovordir.
Mazkur yapon modelida oliy o’quv yurtini tugallab, ishga qabul 
qilingan xodim sinov muddati (odatda 1—3 yil) davomida olgan 
diplomining haqiqiy qiymatini xolis aniqlash uchun qo’shimcha imtihon 
topshiradi. Shundan so’ng xodim kompaniya ishlari bilan tanishtiriladi (2 
haftadan yarim yilgacha), qator tekshirishlardan (shu jumladan korxonaga 
sadoqatini aniqlash bo’yicha) o’tadi.
483


Sinov muddatidan keyingina xodim doimiy ishga tayinlanadi. 
Shundan keyin u 8—10 yil davomida aniqreja asosida bir xizmat 
vazifasidan yangi vazifaga, lavozimdan lavozimga, bo’limdan bo’limga 
siljitiladi, stajirovkadan (shu jumladan chet ellarga) o’tadi. Bu davrda 
xodimga vaqt o’tgan sari tobora murakkabroq mas’ul topshiriqlar berish 
orqali uni sinash tizimi ham mavjud.
Mazkur yapon modeliga ko’ra, xodim 36 yoshga etganda kompaniya 
rahbariyatiga har taraflama yaxshi ma’lum bo’ladi. Bu xodimning avvalgi 
faoliyati tahlili asosida u ikki tizim (rahbarlik kar’e-rasi, mutaxassisliq 
kar’erasi)dan biri bo’yicha rivojlantiriladi.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish