Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


B. Ishni uning ijro darajasi bo’yicha taqsimlash taribi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

B. Ishni uning ijro darajasi bo’yicha taqsimlash taribi
Xizmatlar uchun 
ustamalar 
guruhi
Baholar tafovuti, 
ballar miqdori
Bajarish darajasi 
bo’yicha ishlarning 
ko’zda tutilayotgan 
normal taqsimoti, 
foiz(%)
Bajarish darajasi 
bo’yicha ishlarning 
amaldagi taqsimoti, 
foiz
41
1(oliy)
91-100
3-5
%
2
81-90
6-12
%
3
71-80
65-70
%
4
61-70
10-15
%
5(eng past)
60 va undan kam
3-5
%
Nazorat varaqalari usuli
mustaqil qo’llanishi ham, grafik shkalalar 
usullari bilan birgalikda qo’llanishi ham mumkin.
Ushbu uslubda maxsus nazorat varaqalariga xodim bajargan ish 
hamda uning amaliy sifatlarini baholashning turli omillari to’g’risidagi 
batafsil savollar yozib boriladi. Baholashni amalga oshirayotgan shaxsning 
o’zi ushbu savollarga javob berishi va xulosa chiqarishi lozim.
Mazkur nazorat varaqalarining maqsadi faqat u yoki bu ishni, u yoki 
bu xodimni xizmatlari uchun qo’shimcha to’lovlar miqdoriga ko’ra qaysi 
guruhga taqsimlashdangina iborat emas. Ayni vaqtda, ushbu usul bilan 
xodimning kuchli va zaif tomonlari aniqlanib, uning mehnat 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi.
Xodimlar mehnat faoliyatini baholash, afsuski, ular qobiliyati va bu 
qobiliyatni to’la ishga solish imkoniyatlarini aniqlab berishda oqsoqlik 
qilib qoladi. Holbuki, kompaniya yoki firmada yangiliklar 
(innovatsiyalar)ni joriy etishda personalning xuddi shu xususiyatlarini aniq 
bilish o’ta muhimdir. Shu sababli amaliyotda mehnat faoliyati yuksak 
baholangan xodimning ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy etishning 
uddasidan chiqa olmaslik hollariga duch kelinadi.
Shuning uchun xodim salohiyatini aniqlashning eng yaxshi usuli uni 
yangi ishlab chiqarish sharoitida, yangi ish joyida kuzatish va baholashdir. 
Bu maqsadda personal uchun sinov muddatlari belgilash, ishlab chiqarish 
bo’linmalarida yosh xodimlarning bir-birlarining ish o’rinlari bilan 
ayirboshlashlari, vaqtinchalik ularni u yoki bu xizmat vazifasini bajarishga 
41
Ushbu so’nggi ustun baholovchi tomonidan xodimni attestatsiya qilish natijasi bo’yicha to’ldiriladi
414


o’tkazib turish yaxshi samara berishi mumkin.
Personal faoliyatini baholash bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish 
uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
1. Mehnat faoliyati baholanayotganlar hamda bu baholashni 
o’tkazuvchilar o’zaro uchrashib, xodimning o’tgan davrdagi mehnat 
samaradorligini o’sha vaqtdagi vaziyatlardan kelib chiqqan holda 
birgalikda muhokama qilishlari maqsadga muvofiqdir.
2. Baholovchi mazkur muhokama intizomiy chora emasligini, balki 
xodimning mehnat samaradorligini kelgusida yanada oshirish maqsadida 
o’tkazilayotganligini alohida ta’kidlashi kerak.
3. Baholovchi muhokamani shunday tashkil etishi kerakki, bu 
tarbiya uchun belgilangan vaqtning yarmi mehnat faoliyati baholanayotgan 
xodimning o’zi hozirgi va kelgusi mehnat faoliyati yuzasidan fikr-
mulohazalarini bildirishi uchun ajratilishi kerak.
4. Baholovchi muhokamani xodimning o’ziga xos 
muvaffaqiyatlarini ta’kidlashdan boshlashi lozim. Xodim ishidagi 
kamchiliklar uning faoliyati ijobiy natijalari qayd etilishi oralig’ida 
keltirilgani ma’qul. Bunda ham mazqur muhokama bu kamchiliklarni 
tanqid qilish uchun emas, balki kelgusida hozir mavjud bo’lgan 
muammolarni bartaraf etish maqsadini ko’zlayotganiga urg’u berilishi 
darkor. Bir muhokama davomida xodimning 1-2 ta kamchiligini ko’rsatib 
o’tish kifoya. Ko’pchilik odamlar uchun bir yo’la o’zining ko’rsatilgan 
ikkitadan ortiq nuqsonlarini bartaraf etish uchun o’z ustida ish olib 
borishlari og’ir kechadi. Kamchiliklar tilga olinadigan suhbat mehnat 
faoliyati baholanayotgan xodim hamda baholovchi bilan yuzma-yuz, 
boshqalar ishtirokisiz o’tkazilgani ma’qul.
5. Baholovchi xodimni axborotlarga ko’mib yubormasligi kerak. 
Axborotlarning haddan tashqari ko’pligi xodimni chalg’itib qo’yadi, juda 
ham ozligi baholovchi rejalarini buzadi.
6. Baholovchi mehnat faoliyati baholanayotgan xodimni o’zaro 
muloqotga, uning o’z faoliyatini o’zi baholashiga rag’batlantirishi darkor. 
Xodimga o’z ishi natijalarini o’zi tez-tez tahlil qilib turilishini tavsiya etish 
kerak.
7. Suhbat kelajaqdagi vazifalarni muhokama qilish, xodimning 
rahbari unga korxona yoki tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishi 
uchun iloji boricha salmoqliroq shaxsiy mehnat ulushini qo’shishda 
qanday yordam bera olishi mumkinligi bilan yakunlanishi maqsadga 
muvofiqdir.
Baholash jarayonidan olingan ma’lumotlar aniq harakat dasturlaridan 
415


joy olishi, ular asosida ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, xodimning 
qaysi amaliy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish muayyan xodim uchun 
qaysi rag’batlantirish va jazolash choralari samarali bo’lishi haqidagi 
tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo’lishi kerak.
Har bir baholovchiga qo’yiladigan asosiy talab uning muayyan davr 
(aytaylik, olti oy mobaynida) xodim bajarayotgan ishni kuzatib borish 
imkoniyatiga ega bo’lishidir. SHuni hisobga olgan holda quyidagilar 
baholovchilar bo’lishlari mumkin:
1.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish