4- mashg’ulot
Faol o’qitish metodlari
Mashg’ulotning borishi:
1. Talabalarga faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish, baxslashuvchilarning bir – biriga nisbatan fazoviy joylashuvining ahamiyatini tahlil etish taklif etiladi.
3.1- guruh talabalarini 3 ta kichik guruhga ajratiladi,” Sinf sharoiti”dagi talabalarning mavqei birgalikda o’rganiladi.
Izoh: Sinf sharoiti. Bu an’anaviy dars o’tkazish shakli bo’lib, tinglovchilar bir-birlarining yuzlarini ko’rish imkoniyati cheklangan va doska oldidagi o’qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan tinglovchilarning movqelari, mas’uliyati turlicha. Bu sharoitda bahs o’tkazish mumkin emas. CHunki sinfda oxirgi qatorda o’tirgan bola bilan 1- qatorda o’tirganning darsga munosabati keskin farq qiladi. Tinglovchining psixologik movqei – “Men – o’yindan tashqarida”
4. 2- kichik guruh “Men – o’yinda” shaoitidagi talabalarning movqei birgalikda o’rganiladi.
Izoh: “Men – o’yinda” deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi, xatto boshlovchi ham “qatorda” o’tiradi: “Ishchanlik o’yinlar” va boshqa rolli o’yinlar ana shunday sharoitda o’tkazilishi mumkin.
5. 3- kichik guruh “Men – munozarada” sharoitidagi talabalarning movqei birgalikda o’rganiladi.
Izoh: “Men – munozarada” deb ataluvchi bu xolat ayni bahs-munozaralar o’tkizish uchun qulay, chunki unda shaxs o’z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda shunday bahslar to’rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.
6- IV – kichik guruh “Men – hamkorlikdaman” sharoitidagi talabalarning movqei birgalikda o’rganiladi.
Izoh: “Men – hamkorlikdaman” degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi.
Munozara a’zolari 4-5 kshidan bo’lib, alohida stollar atrofida o’tirib, har bir guruh o’z qarorini chiqaradi. “Munozara klublari” faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
O’qituvchi uchun: Dars mobaynida o’qituvchi mavzuning harakteri va u shakllantirish lozim bo’lagan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shundan keyingina mashg’ulotni boshlashi kerak. Ko’rinib turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg’ulotlarning samaradorligi deyarli yo’q, chunki ular oldingi qatorlarda o’tirgan tinglovchilarning faolligigagina yo’naltirilgan, qolganlar “o’yindan tashqari” holatda, bu narsa ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |