O’qituvchining etnopsixologik
xususiyatlarini baholash mezonlari
Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish, talabalarni jahon standartlari talabiga javob beradigan bilimlar va amaliy ko’nikmalar bilan qurollantirish ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiga, uning kasbiy tayyorgarlik darajasiga, mahoratiga bog’liq. O’qituvchining shaxsiga taalluqli fazilatlari, xarakterologik xislatlari, emotsional-irodaviy xususiyatlari, kasbiy sifatlari etnopsixologik mohiyat kasb etmas ekan, u holda milliy ma’naviyatni yoshlarda shakllantirish jarayoni murakkab kechadi. SHuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, istiqlolgacha o’qituvchi kadrlar tayyorlashning etnopsixologik jabhalariga qariyb e’tibor qilinmagan, natijada milliy tuyg’u, milliy xulq-atvor, milliy qiyofa, milliy xarakter xususiyatlaridan uzoqlashish,ularni chetlab o’tish jarayoni g’ayritabiiy ravishda vujudga kelgan.
Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida mazkur muammoni hal qilish g’oyasi ilgari surilgan va o’qituvchi milliy ma’naviyatni ijtimoiy hayotda qaror toptirishning sub’ekti, fidoyisi sifatida talqin qilingan. Ushbu davlat hujjatida o’qituvchilar tayyorlash jarayonini mukammallashtirish, ularning malakasini oshirish tizimini qayta qurish, tubdan isloh qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan. Milliy dasturda o’z ifodasini topgan dolzarb muammolar sarasi tariqasida o’qituvchining etnopsixologik xususiyatlarini tadqiq etish zaruriyati uqtirib o’tilgan.
Psixologiya fanining etnopsixologiya tarmog’ida o’zbek xalqining milliy qiyofasi, xarakteri, his-tuyg’ulari, xulq-odobi birmuncha o’rganilganiga qaramay, o’qituvchi faoliyatining o’ziga xos milliy xususiyatlari hanuzgacha aniqlangani yo’q, bu borada tadqiqot metodikalari qariyb ishlab chiqilmagan. Xuddi shu sababdan bizning izlanishlarimiz natijasi ta’lim tizimida bu sohada vujudga kelgan vaakumni to’ldirishning debochasi bo’lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Etnopsixologik xususiyatni baholash shkalasi
(E.G’oziev)
Familiya_____________Vaqti______________
Yo’riqnoma. Siz quyida berilgan holatlarga, vaziyatlarga, muammolarga o’zingiz shaxsan yoqtirgan javobni tanlab uni tagiga chizishingiz mumkin. Har qaysi javob ustida uzoq bosh qotirib o’tirmang. Biroq javob faqat bitta bo’lishini yodingizda tuting. Berilgan javoblar 1 balldan 4 ballgacha baholanishi qat’iy belgilangan. SHkaladagi har bir raqam ballni bildiradi (masalan, 1-1 ball, 2-2 ball, 3-3 ball, 4-4 ball). Mashg’ulotda o’zingizni erkin tuting va hayajonlanishga aslo yo’l qo’ymang. Iloji boricha o’z javobingizga nisbatan shubhali lahzalarga hech qanday o’rin qoldirmang.
№
|
Vaziyatga javoblar
|
Yo’q unday emas
|
SHunday desa bo’ladi
|
To’g’ri
|
Juda to’g’ri
|
1
|
Andishalilik o’qituvchi faoliyatining umrboqiylik nishonasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
2
|
Tashabbus qo’llab quvvatlanmasa faollik susayishi mumkin
|
1
|
2
|
3
|
4
|
3
|
Tabiiy hurmat-ehtiromga erishmoq uchun ustoz ekanligingizni har soniya yodingizda tuting
|
1
|
2
|
3
|
4
|
4
|
SHirinsuxanlik uchun o’ng’aysiz holatga tushadi kishi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ziyokor ustoz mehr-muruvvat ummonidir
|
1
|
2
|
3
|
4
|
6
|
O’zgalar uchun elib yugurib o’zingga kelguncha toliqasan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
7
|
Dilkashlik-ruhiyati rangmo-rang shogirdlar dilining kaliti
|
1
|
2
|
3
|
4
|
8
|
Qiyin vaziyatga tushganda jamiki narsadan voz kechishga tayyorsan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
9
|
SHogirdiga komillik tilamoqlik uning barcha xulq-atvoriga ustoz samimiyatidir
|
1
|
2
|
3
|
4
|
10
|
O’qituvchilik yuzaki baholansa, kasbdan nafratlanasan kishi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
11
|
O’qituvchining dili, tili, ishi, xulqi ibrat-namuna timsoli
|
1
|
2
|
3
|
4
|
12
|
Ma’naviy boylik bebaho ne’mat, ammo moddiy boylik ham asqotadi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
13
|
Iroda-sabr-toqat, vazminlik namunasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
14
|
Nazokatli bo’lish yaxshi, ammo o’zgalar nazdida qanday bahoga loyiqligingni unutma
|
1
|
2
|
3
|
4
|
15
|
Saxovat, muruvvat qalbi daryo ustoz ne’mati
|
1
|
2
|
3
|
4
|
16
|
Muruvvatlilik yuksak tuyg’u, lekin u ko’ngilbo’shlik alomati emasmi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
17
|
Pedagogik odob, nazokat kishilik jamiyatining oltin toji
|
1
|
2
|
3
|
4
|
18
|
Iroda kuchi ruhiyat barqarorligi, biroq u dashnom berishi ham mumkin
|
1
|
2
|
3
|
4
|
19
|
O’qituvchi moddiy boyligi bilan emas, balki ma’naviy dunyosi bilan mash’al
|
1
|
2
|
3
|
4
|
20
|
Suhbatdoshing kim ekanligini hamma bilsa, bu hol nafsoniyatga tegadi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
21
|
Ustozni vaziyat emas, balki kasbiy sadoqat ulug’laydi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
22
|
Samimiyat yaxshi-ku, lekin pirovard natijada obro’ga putur etkazishi mumkin
|
1
|
2
|
3
|
4
|
23
|
O’qituvchining sodiqligi, vijdoni, e’tiqodi millat ko’zgusi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
24
|
Dilkashlik obro’ga pand berib qo’yishi ehtimol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
25
|
Ziyokorning ijtimoiy faoliyati mezoni fidoiyligi, alturizm yalovbardori ekanligi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
26
|
Mehr-muhabbat-olqishga sazovorlik negizi emas
|
1
|
2
|
3
|
4
|
27
|
Nutqiy qobiliyat, shirinsuxanlik-ustozga tabiatning in’omi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
28
|
Tabiiylik bilan sun’iylik o’zaro o’rin almashishi ehtimol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
29
|
Milliy imkoniyatlarning tantanasi o’qituvchi tashabbuskorli-gining turtkisi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
30
|
ndishaning oti qo’rqoq deyishadi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Test o’qituvchining etnopsixologik xususiyatlarini vujudga kelish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu baholash shkalasi yordamida olingan miqdoriy natijalarni hisoblash, uning ishonchlilik darajasini aniqlash va izohlash quyidagicha amalga oshiriladi.
Test-so’rov, asosan, ikki qismga, ya’ni to’g’ri (adekvat) va teskari (kontr) qismga ajratiladi. Ularning birinchisi o’qituvchi shaxsining etnopsixologik xususiyatlari haqqoniylik darajasini ko’rsatadi, ikkinchisi esa shubhalanish, maqsaddan og’ish, uzoqlashish holatlarini bildiradi.
Siz ushbu savollarning sanoq nomerlariga e’tibor bilan yig’indini hisoblang: 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15, 17, 19, 21, 23, 25, 27, 29, So’ngra qolgan savol nomerlari javobi yig’indisini hisoblang: 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30. Har ikkala yig’indisi orasidagi tafovutga 35 raqamini qo’shing.
Tajriba qatnashchilari tomonidan to’plangan maksimal ko’rsatkichning umumiy yig’indisi 120 ball qiymatini, minimal 60 ballni, eng past daraja esa 30 ballni tashkil qilish mumkin. Bizning ishlab chiqqan jadvalga, ya’ni natijalarni hisoblash tamoyiliga binoan quyidagi darajalarga ajratiladi:
90 balldan 120 ballgacha - yuksak darajadagi etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’lgan o’qituvchilar;
60 balldan 90 ballgacha-o’rtacha ko’rsatkichdagi etnopsixologik xususiyatlari mavjud o’qituvchilar;
30 balldan 60 ballgacha- etnopsixologik xususiyatlari darajasi past, quyi ifodalangan o’qituvchilar toifalari namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, shuningdek, bo’lg’usi muallimlar bilan maxsus ishlab chiqilgan psixologik ta’sir o’tkazish tadbirlarini tatbiq qilish, ular bilan ishlashni individual tarzda amalga oshirish zaruriyati hisoblanib, ularga yordam berish uchun samarali treninglarga o’rgatish, ularni milliy ma’naviyat va qadriyatlarda ishtirok etishga tortish, etnopsixologik xususiyatlarni shakllantiruvchi vaziyatlar, holatlar, hodisalar vujudga keltirish hamda echimini topishga undash tuyg’ularini uyg’otuvchi marosimlarni tahlillash orqali o’qituvchida milliy xususiyatlar tarkib toptirish ta’lim mahsuldorligini oshirish mumkin.
YUqoridan berilgan baholash shkalasini pedagogik kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan institutlarga, universitetlarga, kollejlarga joriy qilish bo’lg’usi o’qituvchilarda milliy xususiyatlarni shakllantirish jarayonining samaradorligini oshiradi.
Milliy maktab o’qituvchilari va bo’lg’usi muallimlar yuqoridagi etnopsixologik xususiyatlarini baholashdan tashqari, quyidagi pedagogik qobiliyatlarni egallashga erishmoqlari lozim (tasnif bizniki - E.G’)
didaktik qobiliyat (oson yo’l bilan murakkab bilimlarni tinglovchilarga tushuntirish uquvchanligi);
akademik qobiliyat (barcha o’quv fanlari yuzasidan muayyan bilimga ega bo’lishlik);
pertseptiv qobiliyat (qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati);
nutqiy qobiliyat (ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo’lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza va mantiqiy urg’uga rioya qilishi);
tashkilotchilik qobiliyati (sinf guruhi yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi, iqtidori);
obro’ga (nufuzga) ega bo’lishlik qobiliyati (o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro’ orttirish uquvchanligi);
muomala va muloqot o’rnata olish qobiliyati;
psixologik tashxis (diagnostik qobiliyati) insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati ;
diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha ob’ektlarga bir davrning o’zida o’z munosabatini bildirish uquvi);
iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo’nalish qobiliyati;
aqli donishlik qobiliyati yoki bilimdonlik;
konstruktiv qobiliyat (o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati);
gnostik qobiliyat yoki tadqiqotga layoqatlilik va boshqalar.
Tadqiqotimiz natijalarining ko’rsatishicha, etnopsixologik xususiyatlarning pedagogik qobiliyatlar bilan birikuvi yoki ularning sintezlashuvi novatorlikka puxta negiz hozirlaydi. Buning uchun uzluksiz ravishda treninglardan, pedagogik muammolardan foydalanish, tarbiyaviy vaziyatlarni echish vositalarini egallash maqsadga muvofiq.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Oliy maktab o’qituvchisining miilliy xususiyatlaridan eng muhimlarini sanab bering.
2. Anlishalilik va bag’rikenglik xususiyatlarini mohiyati sizningcha qanday?
3.Ibrat –namunaviylikning mohiyati va ahamiyatini ko’rsating.
4. Pedagogik faoliyatda sabr-toqatlilikning o’rni qanday?
5.Pedagogik nazokat sizning kelajak faoliyatingizda qanday ahamiyat kasb etvadi deb hisoblaysiz?
6.Ma’naviy yuksakltk namunalari qanday ko’rinishlarga ega?
7.”Altruist”iborasining mohiyati nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |