familiyalar yoki muassasalar ro`yxati asosida tarqatiladi. Bu usuldagi kamchilik
shundan iboratki ko`pgina anketalar qaytarib yuborilmaydi. Sotsiolog ko`proq
anketa bilan birgalikda maxsus iltimosnoma ham qo`shib jo`natishi ma`quldir.
Matbuot orqali o`tkaziladigan anketalar
gazetalarning so`nggi sahifalarida
e`lon qilinadi va bunda gazetadagi savollar yozilgan qismini yirtib olib,
redaktsiyaga qaytarib yuborish iltimos qilinadi. Tajribadan ma`lumki, gazeta orqali
o`tkaziladigan anketalarning atagi 5% respondentlar tomonidan qaytariladi.
Umuman olganda, anketa usulining quyidagi qulayliklari mavjud:
a)respondentlar javob berish chog`ida o`z nuqtai nazarlarini ma`lum
darajada
asoslashga harakat qiladilar; b)anketa usuli orqali juda ko`p kihilarni tadqiqot
ob`ektiga jalb etish mumkin; v) anketalar vositasida jamoatchilik fikri
yo`nalishlarini o`z vaqtida payqab olish mumkin.
Anketa savollari ochiq, yarim ochiq va yopiq variantlardan iborat bo`ladi.
Ochiq savollar
respondent uchun keng tafakkur qilish, qo`yilgan
masalalar
yuzasidan atroflicha mushohada yuritish asosida ish tutish imkonini beradi. Ayni
chog`da ochiq savollar respondent uchun muayyan qiyinchiliklar ham tug`dirishi,
javob berish diapazonini toraytirib qo`yishi ham mumkin.
Sotsiologik tajribalardan ma`lumki, ayrim hollarda respondentlar ochiq
savollarga javob yozmasdan, shundayligicha qoldirishlari ham mumkin. Ochiq
savollarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: «Sizning mazmunli dam
olishingizni
tashkil
etish
uchun
qanday
shart-sharoitlar
mavjud?»,
«Mehnatkashlarning ommaviy dam olishlarini tashkil etish uchun klub
muassasalarini qanday jihozlash kerak?» yarim ochiq savollar esa mumkin bo`lgan
muqobil javoblar bilan bir vaqtda, respondent tomonidan ifodalanuvchi bir qator
vaziyatlarni o`zida aks ettiradi.
Yuqoridagilardan farq qilib,
yopiq savollar
muayyan mazmundagi savolga to`la muqobil javoblar berilgan bo`lib, respondent
bu savollar ichidan o`ziga ma`qulinigina tanlab oladi. Ushbu savollar respondent
uchun eng qulay usul hisoblanadi. Anketa savollarida respondent berilayotgan
muqobil javoblardan bittasi emas, bir nechtasini qayd etish imkoniga ham ega
bo`lishi lozim, Bunday savollarni ilmiy adabiyotlarda
menyu-savollar,
deb
atashadi.
Anketa usuli qator qulaylikliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, u o`ziga xos
kamchiliklarga ham egaki, ular xususiga quyida fikr yuritamiz: a)anketa
savollari
ba`zan noaniq va tushunarsiz yoziladi, natijada javoblar noto`g`ri yoki noob`yektiv
bo`lishi mumkin; b) ko`pgina savollar bir-biriga o`xshash bo`lishi mumkin, bu esa
respondent tomonidan savollarga e`tiborsiz yondashishga olib keladi; v) ayrim
savollar o`ta murakkab tuzilishi mumkin, bu holat respondent fikrini cholg`itib,
berilgan savol javobsiz qolishga yoki muqobil javoblarning oxirida qo`yiluvchi
«javob berishga qiynalaman», degan satr ostini chizishga olib keladi; g) anketani
o`tkazish zaruratini to`g`ri tushuntirmaslik ko`pgina respondentlarning anketa
savollariga umuman yoki qisman javob berishdan bosh tortishlariga olib kelish
mumkin; d) anketa o`tkazish jarayonini to`g`ri tashkil etmaslik natijasida
ko`pchilik bo`lib anketa to`ldirilayotgan paytda savollar mazmuni atrofida bahs-
munozara boshlanib ketishi yoki bir-biridan javoblarni ko`chirib
yozish hollari
bo`lishi mumkin.
Ta`kidlash joizki, anketadagi asosiy savollardan keyin
kontrol’-nazorat
savollari berilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv respondentlarning
ob`yektiv javob berishga xizmat qiladi. Masalan, «siz klubdagi to`garaklar
faoliyatida ishtirok etasizmi?», degan savoldan so`ng, albatta, «ishtirok etayotgan
to`garagingiz sizni qaysi jihatlari bilan o`ziga jalb etadi?», degan savolni berish
lozim. Bunday qilish to`garak ishida ishtirok etimaydigan respondentni birinchi
savolga tasdiqlovchi «ha» degan javob berishdan tiyilib, to`g`ri javob berishga
undaydi. Birinchi savolga to`g`ri yondashgan respondent uchun esa ikkinchi
savolga kelgach, fikrini erkin rivojlantirish imkonini yaratadi.
Ayni vaqtda, sotsiolog respondent shaxsini hurmatlab o`nga
yondoshuvi kata
ahamiyatga ega. Savollar boshida «marhamat qilib ayting-chi», «Sizning
fikringizcha», «Agar mumkin bo`lsa», «sizdan shuni iltimos qilamizki» kabi
hurmat ma`nosidagi boshlamalarqo`yilishi lozim. Savollar keskin va qo`pol
tuzilmas-ligi, respondentni bezdirib qo`ymasligi kerak. Masalan, «O`zingizdagi
kamchiliklarni sanang?», deb savol qo`yish o`rniga «siz o`zingizdagi qaysi
kamchiliklarni yo`qotishni xohlaysiz?», deb tuzish maqsadga muvofiqdir.
Anketani bevosita o`tkazish jarayoni muhim bosqich bo`lib, sotsiolog bu
ishga o`ta jiddiylik bilan kirishishi lozim. Bu jarayon so`rash protsedurasi deb
atalib, quyidagi talablarga rioya qilishga undaydi: a) sotsiolog anketa
o`tkaziladigan joyga o`z vaqtida va o`zi kelgan joy ma`muriy rahbariyati va jamoa
tashkiloti vakili bilan birgalikda kelishi lozim; anketani to`ldirish chog`ida taklif
etilganlarning deyarli hammasi hozir bo`lishlari, bir-birlaridan muayyan masafada
joylashishlari (bir-birlaridan ko`chirmasliklari va xalaqit bermasliklari uchun)
lozim; v) sotsiolog yig`ilganlarga o`tkazilayotgan tadqiqot maqsadi,
mazmuni va
ahamiyati xususida so`zlab beradi. Anketani qanday qilib to`ldirish kerakligi,
tadqiqot natijalari qanday maqsadlarda foydalanishi, tushunarli bo`lmagan savollar
yuzasidan faqat sotsiologning o`ziga murojaat qilish kerakligi, anketa savollari
bo`yicha bir-birlari bilan savol-javob qilmaslik lozimligini shoshilmasdan
tushuntirib beradi; g)tajriba shuni ko`rsatadika, yig`ilganlarda ko`pincha ruchka,
qog`ozlar bo`lmay qolmay qolish hollarda ham uchrab turadi. Shu sababdan,
sotsiolog o`zi bilan yozuv qurollari olib kelsa, zarar bo`lmaydi; d)anketalarni
tarqatish oldidan sotsiolog anketa to`ldirmaydigan kishilarning xonadan chiqib
ketishini so`rashi kerak.
Anketalarni yig`ib olish vaqtida sotsiolog har bir
anketani tekshirib olishi
to`ldirilmagan savollar bo`lsa, respondentga murojaat qilib, sabablarini aniqlashi,
tushunarli bo`lmagan savollar bo`lsa, izohlab berishi va hamma savollarga to`liq
javob olishga xarakat qilishi kerak. Ba`zi hollarda anketa to`ldiruvchi ongli
ravishda ba`zi savollarga javob berishdan bosh tortadi, bunday hollarda sotsiolog
anketadagi shunday savollar ro`parasiga respondent javob berishdan bosh tortdi,
deb yozib qo`yishi kerak. Ba`zan respondent ayrim savollar yuzasidan batafsil
javob berish fikrini bildirib qoladi. Bunday hollarda tadqiqotchi alohida qog`oz
tarqatib, respondent mulohazalarini yozdirib olishi lozim yoki o`zi
uning tilidan
hamma fikrlarni qayd etib olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: