«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
435
televizor) birlashtirish yoki xizmatlarning bir xil to‘plamini ta’minlash, turli
tarmoqli platformalar imkoniyati tushuniladi. Konvergensiyaning uchta yo‘nalishi
mavjud bo‘lib, ular xizmatlar konvergenssiyasi, jarayonlar konvenrgensiyasi va
tarmoqlar konvergensiyasi. Xizmatlar konvergensiyasi foydalanuvchilarga
kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni taqdim etadi. Jarayonlar konvergensiyasi
iqtisodiy jihatdan samarali xizmatlarni taqdim etish uchun turli ishlab
chiqaruvchilarning uskunasi bilan ishlash imkoniga ega xizmatlar provayderlariga
ta’lluqlidir. Tarmoqlar konvergensiyasi deganda texnologiya konvergensiyasi
tushiniladi. Konvergent tarmog‘ining alternativ variantlari keyingi avlod tarmog‘iga
(Next Generation Network -NGN) o‘tish uchun oraliq bosqich hisoblanadi.
"Multiservis tarmoqlarini qurish bo‘yicha konseptual holat" hujjatiga muvofiq
quyidagi ta’riflarni berish mumkin:
- keyingi avlod aloka tarmog‘i - aloka tarmoqlarini boshqarish,
shaxsiylashtirish va tarmoqli qarorlarni unifikatsiya qilish xisobiga yangi
xizmatlarni yaratish bo‘yicha moslashgan imkoniyatlar bilan xizmatlarning
cheklanmagan to‘plamini taqdim etishni ta’minlaydigan aloqa tarmoqlarini qurish
konsepsiyasi;
- NGN tarmog‘i taqsimlangan kommutatsiya bilan universal transport
tarmog‘ini amalga oshirish, oxirgi tarmoqli uzellarga xizmatlarni taqdim etish va
an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan integratsiya qilish funksiyalarini kiritishga
mo‘ljallagan.
Boshqarish nuqtai nazaridan yangi avlod aloqa tarmoqlarining (Next
Generation Networks, NGN) xususiyati shundaki, bu tarmoqlar har xil turdagi
komponentlarning katta miqdoridan iborat. Boshqarish tizimi turli xizmatlarni
taqdim etuvchi va turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat turli xil
texnologiyalar negizida amalga oshirilgan tarmoqlarni boshqarishni ta’minlovchi
qarorlar to‘plamidan iborat. NGN ni boshqarish tizimini obyektga yo‘naltirilgan
taqsimlangan tuzilmadan foydalanib qurish maqsadga muvofiq. Obyektga
yo‘naltirilganlik tizimni har biri o‘z xususiyatlariga va bajarish mumkin bo‘lgan
operatsiyalarga ega bo‘lgan obyektlar yig‘indisi ko‘rinishida tasavvur qilishdan
iborat. Mazkur texnologiya murakkab tizimlarni tahlil qilishda, loyihalashda va
dasturlashda foydalaniladi va unga oid asosiy ma’lumotnomalardan biri deb aytish
mumkin.
Tarmoqni boshqarish tizimini tashkil etishda asosiy muammolardan biri
operatorlarning ko‘pincha turli, xil yetkazib beruvchilarning qurilmalaridan
foydalanishlari hisoblanadi. Odatda ularning har biri faqat o‘z qurilmasini
boshqarishning yetarlicha kuchli va ko‘p funksionalli tizimini taklif etadi. Boshqa
tomondan ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa prinsiplari asosida qurilgan boshqarish
tizimi uchun platforma sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: