ZAMONAVIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA ELEKTRON
DARSLIKLARNING AHAMIYATI
Karimov Anvarjon Muqumjonovich Andijon mashinasozlik instituti IATT
yo’nalishi II-bosqich magistranti (telefon: +998937862411, E-mail:
anvarjonkarimov1987@gmail.com)
Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy ta’lim berish va bu orqali mamlakat
barqaror rivojini ta’minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan
rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to`g`ri foydalanishni
o`rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.
Respublikamizda ta`lim berishning elektron vositalaridan foydalanish keng
miqiyosda yo’lga qo’yilmoqda.
«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
185
Shunday ekan hozirgi kunda keng imkoniyatlarga ega bo’lgan electron
darsliklar tayyorlash uchun qulay hisoblangan FrontPage muharririda electron
darsliklar yaratish imkoniyatini ko’rib chiqamiz. Muharrirni bevosita ishga tushirish
(to’g’ri Microsoft Windows ning o’zidan, yoki Frontpage yo’lboshchisidan, bunda
asboblar panelidagi Show Frontpage Editor tugmasi bosiladi yoki Tools menyusidan
Show Frontpage Editor buyrug’i tanlanadi). Ushbu holda muharrir ochilganda ekran
bo’sh bo’ladi. Kerakli sahifani ochish uchun File menyusidan Open buyrug’ini
tanlanadi va tahrirlashni boshlash mumkin. Muharrir ishga tushishi bilan o’zining
oynasini ochadi, uning yuqori qismida menyu va asboblar paneli joylashgan. Ushbu
oynada siz yartayotgan electron darsligingizni nomlashingiz mukin va unga tayyor
shablonlardan birini joylashtirish imkoniyatiham mavjud. 1-rasmda muharrir
oynasining umumiy ko’rinishi ko’rsatilgan.
1-rasm.( FrontPage muharri interfeysi)
Muharrir asboblar panelini View (Vid) menyusi orqali boshqarish mumkin:
Standard (Standartnaya), Format (Formatirovanie), Image (Risovanie), Forms
(Formы), Advanced (Dopolnitelno) va Table (Tablitca). Agar ularning hammasi
ko’rinib tursa, Muharrir oynasining katta qismini egallaydi. Shuning uchun
keraksizlarni yashirish maqsadga muvofiqdir. Asbob panelini yopish uchun View
menyusini oching va ushbu panel nomi yonidagi belgichani olib tashlang.
Yashirilgan panelni ko’rsatish uchun View menyusida ushbu panel nomi yoniga
belgicha qo’ying. E`tibor bersangiz, View menyusida Status Bar (Stroka
sostoyaniya) va Format Marks (Simvolы formatirovaniya) qismlarini ko’rasiz.
Muharrir asboblar panelini ekranning istalgan joyiga o’rnatish mumkin. Asboblar
panelining joyini o’zgartirish uchun, panelning istalgan joyini sichqoncha tugmasi
bilan bosing va uni yangi joyga ko’chiring.
Holatlar satri Muharrir oynasining eng pastida joylashgan, uni yashirish va
ko’rsatish mumkin; View menyusidagi Status Bar buyrug’i shuning uchun xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |