Matn va obyektlarni o`chirish
Ob’ektlarda joylashgan matnni yoki uning bir qismini o‘chirish uchun:
Sichqoncha yordamida matnning o‘chirilishi talab qilinayotgan qismini belgilang
Shundan so‘ng Delete tugmasini bosing
Matn ob’ektini, ya’ni butun maydonini o‘chirish uchun:
Ob’ekt ramkasiga sichqoncha chap tugmasini bosing
Natijada belgilangan ob’ektning ramkasi nuqtali ko‘rinishga o‘tadi
Klaviaturadan Delete tugmasini bosing
Agar o‘chirilayotgan ob’ekt shablon asosida yaratilgan bo‘lsa, matn ob’ekti o‘rnida shablonning boshlang‘ich ko‘rinishi paydo bo‘ladi
Yana bir marta Delete tugmasini bosing va uni ham o‘chiring
Do'stlaringiz bilan baham: |