Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish tamoyili. Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko’p va har xil masalalarga (muammolarga) duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o’zi hal qilmoqchi bo’lsa, uning kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya’ni birinchi navbatda yechilishi zarur bo’lganlarini ko’ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo’lishi shart, ya’ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo’g’inni aniqlay bilishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |