Qayd etadigan axborot xabar shaklida namoyon bo‘ladi va o‘zini tutish (axloq)ni bevosita o‘zgartirishni nazarda tutmaydi.
3.Kommunikatsiya kanali – ular yordamida yoki ular orqali axborot uzatiladigan vosita yoki yo‘llar. Jamiyatda axborot tarqalishi o‘ziga xos “ishonch-ishonchsizlik” filtri orqali o‘tadi. Bunday filtr ishlashi natijasida haqiqiy axborot rad etilib, aksincha – soxta (yolg‘on) axborot esa qabul qilinishi mumkin. Axborot qabul qilinishiga ko‘maklashadigan va filtrlar ishini bo‘shashtiradigan vositalar mavjud bo‘lib, ular yig‘indisi fassinatsiya deb nomlanadi. Fassinatsiyaga misol tariqasida nutqqa musiqa, rang yoki makon(bo‘shliq)ning jo‘r kuzatilishini keltirish mumkin.
4.Auditoriya (resipient) – axborotni qabul qiluvchilar (idrok etadiganlar). Ular norefleksiv va refleksiv tinglash kabi kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi. Norefleksiv tinglash, yoki e’tibor bilan sukut saqlash muammoni qo‘yish bosqichida, u so‘zlovchi tomonidan muloqot maqsadi – holatni emotsional yumshatish, bo‘shashtirish bo‘lganida qo‘llanadi. Refleksiv tinglashso‘zlovchi muayyan muammolarni hal qilishda yordamga muhtoj bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
5.Teskari aloqa (bog‘liqlik) – kommunikativ muloqot jarayonida muhokama qilinadigan turli vaziyatlar yoki muammolar yuzasidan umumiy mazmun, yagona nuqtai nazar ishlab chiqish va kelishib olish maqsadidagi faoliyat.
13- mavzu: O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari
Reja:
Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik.
O’zgani anglash va o’zini anglatish qoidalari.
Tayanch so’z va iboralar: o’zgani anglash, o’zini anglatish, muomala, muomala madaniyati, muloqot qoidalari, samimiyat, ijtimoiy munosabatlar, informatsiya, ijtimoiy guruh, ijtimoiy faoliyat, muloqotning interaktiv tomoni, ichki hissiyotlar, muloqotning perseptiv tomoni, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, muloqotning kommunikativ tomoni, frusturatsiya, verbal vositalar, noverbal vositalar, shaxs, shaxslararo munosabatlar
ADABIYOTLAR:
Ahmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.
Ansupov A.Ya. Osnovы konfliktologii. –M.: 1998;
To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |