Odatda, changni tozalash yuqori bosimli havo bilan amalga oshiriladi. Cho'tkalar vaqti-vaqti bilan paz (teshik) laridan olinib va havo bilan puflanib tozalanishi talab qilinaadi, chunki to'plangan chang yo’naltiruvchi pazlarga tiqilib qolishi mumkin. Bu cho'tkalarning kollektor ustiga osilishiga va dvigatelning ishlashini buzilishiga olib keladi. Cho'tkalarni eskirishi sababli vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak. Odatda, changni tozalash yuqori bosimli havo bilan amalga oshiriladi. Cho'tkalar vaqti-vaqti bilan paz (teshik) laridan olinib va havo bilan puflanib tozalanishi talab qilinaadi, chunki to'plangan chang yo’naltiruvchi pazlarga tiqilib qolishi mumkin. Bu cho'tkalarning kollektor ustiga osilishiga va dvigatelning ishlashini buzilishiga olib keladi. Cho'tkalarni eskirishi sababli vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak.
Kollektorning cho'tkalar bilan aloqa qiladigan joyida kollektor ham vaqt o’tishi bilan eskiradi. Shu sababli kollektor eskirganda, yakor yechiladi va kollektor tokarlik dastgohida silliqlanadi. Kollektor silliqlangandan keyin kollektorning lamellari orasidagi izolyatsiya cho'tkalarni yo'q qilmasligi uchun kichik chuqurlikda silliqlanadi, Chunki uning kuchi cho'tkalarning kuchidan sezilarli darajada oshadi
Stator. Mashinaning statori korpusdan (staninadan) (3-rasm,a) va uning ich tomoniga o’rnatilgan asosiy va qo’shimcha magnit qutblaridan tuzilgan. Magnit qutblarida qo’zg’atish chulg’amlari bo’ladi. Korpusning yon tomonlarida podshipnik chitlari mahkamlanadi (3-rasm, b). Mashina ishlaganda korpus materiali orqali magnit oqimi o’tadi. Demak korpus mashina magnit zanjirining bir qismi hisoblanadi. Shuning uchun mashina korpusi magnit kirituvchanligi kata bo’lgan maxsus po’latdan tayyorlanadi.
3-rasm. O’zgarmas tok mashinasining statori (a) va o’zgarmas tok mashinasining umumiy ko’rinishi (b): 1-kollektor, 2-cho’tkalar, 3-yakor po’lat o’zagi, 4-asosiy qutb o’zagi, 5-qo’zg’atish chulg’ami g’altagi, 6-korpus, 7-podshipnik shiti, 8-ventilyator, 9-yakor chulg’ami, 10-qo’shimcha qutb o’zagi
Kichik va o’rta quvvatli mashinalarda po’latdan yaxlit qilib quyiladi, katta quvvatli mashinalarda bir necha bo’laklardan yig’ib tayyorlanadi. Mashinaning asosi stanina bilan yaxlit (quyma) holda tayyorlanadi yoki unga payvandlanadi. Staninaning ust tomonida ko’tarish uchun maxsus halqasi bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |