7. Ta'lim texnikasi va usullari:
|
hikoya, ko‘rsatma berish, namoyish, amaliy ish usuli.
|
8. Ta'lim shakillari:
|
Individual, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
9.Ta'lim vositalari:
|
Tarqatma o‘quv materiallari, doska-stend, tekst, sinama o‘tkazish jihozlari.
|
10. Ta'lim shart sharoitlari:
|
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
|
11. Monitoring va baholash :
|
Og‘zaki so‘rov: tezkor-so‘rov, yozma so‘rov, amaliy ko‘nikmalar bosqchilari ko‘rsatish, mashg‘ulot davomida olingan natijalarni prezentatsiyasi
|
12. Motivatsiya
Tibbiy nazorat sport tibbiyotining asosiy bo‘limi xisoblanadi. Uning vazifasiga jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni doimiy tanlash, tibbiy tekshiruv xamda kuzatish kiradi. Tibbiyot nazorati xonalari – ommaviy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlarini tibbiy ta'minlashni tashkil etishdagi keng tarqalgan bo‘g‘ini xisoblanadi.
Hozirgi davrda sport bilan shug‘ulanuvchilarni soni tobora ortib bormoqda va shuning sport bilan shug‘ulanuvchi albatda Shifokor nazoratida bo‘lishi zarur. Aholini turliy xil kontingenti sport muassasalarida, poliklinikialarda, o‘quv muassasalarida, JT kolektivlarida, tashkilotlarning sog‘liqni saqlash punktlariga kelishadi va Shifokor nazoratida bo‘ladi.
Zamonaviy sport sportchilar natijasiga ta'sir qiluvchi omillarni tez o‘rganishni talab qilmoqda, bu omillarni har xil sport yo‘nalishi vakillari uchun ahamiyatini aniqlaydi, komleks tekshiruvlar natijasida olingan ma'lumotlar, har bir aloxida xolatlarda to‘g‘ri tibbiy xulosa berish imkonini beradi. Bu tekshiruvlar sprotchilar o‘rtasida yilda bir marta o‘tkaziladi.
Hozirgi paytda, axoli sog‘lig‘i, ayniqsa o‘sib borayotgan avlodning sog‘lig‘i yaxshilash dolzarbdir. Shu bilan birga JT mashg‘ulotlariga sub'ektlarni doimiy jalb qilish ro‘y bermoqda. Bu mashqlarni faqatgina TJTD va ShN xonalari kuchi bilan tibbiy ta'minlash yetarli emas. Shuni xisobga olib JT va sport bilan shug‘ullanuvchilar ustidan ShN faqatgina maxsuslangan muassasalar Shifokorlari tomonidangina emas, balki sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari Shifokorlari tomonidan xam bajarilishi kerak. Biroq sport tibbiyoti asoslari bo‘yicha bilimlarni bilmasdan turib professional tanlov, patalogik xolatlar profilaktikasi, sog‘liq va jismoniy xolat, yosh va odamning shaxsiy (individual) imkoniyatlariga mos, shug‘ullanish jarayonida vosita va usullarni qo‘llash bo‘yicha savollarni xal qilish qiyindir
Do'stlaringiz bilan baham: |