§ 7.1. Xalqaro valyuta tizimining moҳiyati va tarkibi XX asrning 50-60-yillarida xalqaro iqtisodiy, moliyaviy va valyuta munosabatlarini rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy tyendyenцiyasi savdo ayirboshlashuvining tyezlashishiga, xalqaro moliyalashtirishning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini ҳosil bо‘lishiga, turli mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarining kyengayishiga imkon byerdi.
Jaҳon iqtisodiyotida xalqaro valyuta munosabatlari pulning jaҳon puli funkцiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jaҳon puli sifatida tashqi savdo va xizmatlar, kapital migraцiyasi, foydaning invyestiцiyalarga kо‘chishi, zayom va subsidiyalar byerish, ilmiy-tyexnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul kо‘chirishlariga xizmat qila boshladi.
Valyuta munosabatlari odatda milliy va xalqaro darajalarda amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari (MVT) soҳasini qamrab oladi. Milliy valyuta tizimi - bu valyuta qonunchiligi bilan byelgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. MVTning о‘ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdyek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini va о‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Jaҳon iqtisodiyotida milliy valyuta tizimi quyidagi ҳolatlari bilan xaraktyerlanadi:
- milliy valyuta birligi bilan;
- rasmiy oltin va valyuta zaҳiralarining tarkibi bilan;
- milliy valyuta parityeti va valyuta kursi shakllanishining myexanizmi bilan;
- valyuta qaytishi sharoitlari bilan;
- valyuta chyeklanishlarining mavjudligi yoki yо‘qligi bilan;
- davlatlarning tashqi iqtisodiy ҳisob-kitoblarini amalga oshirish tartibi va boshqalar.
Jaҳon iqtisodiyotida milliy valyuta tizimlarini bog‘lovchi zvyeno bо‘lib valyuta kursi va valyuta parityeti xizmat qiladi. Valyuta kursi aloҳida mamlakatlarning valyutalariga bо‘lgan nisbati yoki ma’lum bir davlat valyutasining boshqa bir davlatlar valyutasida ҳisoblangan “narxi”ni namoyon qiladi. Valyuta parityeti - valyutalarning ulardagi oltinga mos kyeluvchi nisbatidir. Valyuta kursi amalda ҳyech qachon parityet bilan mos kyelmaydi.
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jaҳon xо‘jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. U jaҳon kapitalistik xо‘jaligi evolyuцiyasi natijasida paydo bо‘lib, ҳuquqiy jiҳatdan davlatlararo kyelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Xalqaro valyuta tizimining asosiy elyemyentlari quyidagilardan iboratdir:
- valyuta birliklarining milliy va kollyektiv zaҳiralari;
- xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi;
- valyuta parityetlari va kurslari myexanizmi;
- valyutalarning о‘zaro almashuv shartlari;
- xalqaro ҳisob-kitob shakllari;
- xalqaro valyuta bozori va jaҳon oltin bozori ryejimi;
- valyuta-moliya tashkilotlarini (XVF, XTTB va boshqalar) tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-kryedit tashkilotlarining maqomi.
Jaҳon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimining asosiy vazifasi - muҳim iqtisodiy о‘sishni ta’minlashdan, inflyaцiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va tо‘lov oborotining tyengligini qо‘llab-quvatlash uchun xalqaro ҳisob-kitoblar va valyuta bozori soҳasini tartibga solishdan iboratdir.