177
Interval suv
deb neftli va gazli qatlam (gorizont, majmua)lar oralig’ida
joylashgan suvga aytiladi. Bunday suv neft va gaz qazib olishda yagona ishlatish
ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Grunt suvi
deb yer yuzasidan pastdagi birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam
ustida joylashgan suvli gorizontdagi yer osti suviga aytiladi. Bunday suvlar atmosfera
va yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lib, erkin suv yuzasiga ega. Grunt suvi chaqiq va
mustahkam sementlanmagan jinslarda (qatlam turidagi suv) yoki jins yoriqlarida
(yoriq suvi) uchraydi. Grunt suvining tarqalish maydoni bilan ta’minlanish maydoni
bir-biriga mos tushadi. Grunt suvi o’ziga xos tarqalish maydoni bilan tavsiflanadi,
tekis maydonlarda
kenglik zonalligiga, tog’li mintaqalarda
vertikal zonallikka
ega.
7.18-rasmda qatlam, tektonik va grunt suvlarining joylashishi konning sxematik
kesimida ko’rsatilgan.
7.3.1 Yer osti suvlarining fizik xususiyatlari
Qatlam suvining minerallanishi
deb suvning tarkibidagi erigan tuzlar, ionlar va
kolloidlarning umumiy miqdoriga aytiladi. Odatda g/100 g yoki g/l da ifodalanadi.
Neft va gaz konlari suvlarining minerallanish darajasi keng miqyosda o’zgaradi
1
g/l (chuchuk suvlar)dan 400 g/l gacha va undan ortiq (o’ta sho’r) bo’ladi. Oltita
asosiy ionlar (Cl
-
, SO
2-
4
, HCO
-
3
, Na
+
, Ca
2+
, Mg
2+
)dan tashqari qatlam suvlarida
karbonat ioni (CO
3
2-
), kaliy (K
+
) va temir (Fe
2+
va Fe
3+
) ionlari ko’p tarqalgan.
Qolgan elementlar(mikrokomponentlar)ning miqdori
juda ham kam.
Qatlam suvlarining minerallanishi va kimyoviy
tarkibiga ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari
(zichligi, qovushqoqligi, yuza tarangligi, elektr
o’tkazuvchanligi va b.) mansub. Neft-gaz konlarini
ishlatishda minerallashgan suvlarning yuqori darajada
yuvuvchi xususiyatga ega ekanligiga e’tibor berish
lozim. Shuning uchun ham uyumga suv haydashda
bunday suvlarni ishlatish neftning siqib chiqarish
koeffisientini oshirib yuboradi. Shu bilan birga
minerallashgan suvlar ishlatilganda neft chiqarib
olinayotgan quduqlar tubida tuz yig’ilishi mumkin.
Buning
natijasida
quduqning
ishlash
sharoiti
yomonlashadi.
Qatlam suvidagi gazning miqdori
1,5-2,0 m
3
/m
3
dan ortiq bo’lmaydi. Odatda aksariyat hollarda 0,2-
0,5 m
3
/m
3
ga teng bo’ladi. Suvda erigan gazning
tarkibida metan ko’p miqdorda uchraydi, undan keyin azot, karbonat angidrid gazi,
metan gomologlari, geliy va argon ham bo’ladi. yer osti suvlarining tarkibini faqat
kimyoviy tahlil asosida aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: