Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
usullari (shu jumladan, informatsion texnologiya vosimalari yordamida) bilan, mahsulotlarni saqlash, yetkazish va sotishning zamonaviy usullari bilan hamda jahondagi va respublikada ishlatilayotgan yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirib turishlari kerak bo’ladi. Konsalting kompaniyasi o’zida mavjud bo’lgan barcha ma’lumotlarni (texnologiyalar, uslubiy materiallar, spravochniklar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish haqidagi adabiyotlar va boshqalarni) barcha tanisha va ishlata olishi uchun Internet portalida joylashtirishlari ham juda muhim tadbir hisoblanadi. Xuddi shu ishlar amalga oshirilgan taqdirdagina respublikamizdagi qishloq xo’jalik korxonalari va fermer xo’jaliklari aholini sifarli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlab, mamlakatimizning oziq-ovqat havfsizligini ta'minlab bera olar edi. Shu bilan birgalikda, muammolarning dolzarbligini ta’kidlash maqsadida yaqin yillar ichida mamlakatimiz qishloq xo’jaligi quyidagi asosiy muammolarga ro’baru bo’lishi mumkinligini ham ko’rsatib o’tamiz:
Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun yangi yer maydonlarining qolmasligi;
Yer maydonlarining sho’rlashish darajasining oshishi va bir qator yerlarning qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchun yaroqsiz bo’lib qolishi;
Turli xil sun’iy sintetik preparatlar va kimyoviy materiallarning keng miqyosda ishlatilishi tufayli tuproq tuzilishining o’zgarishi yoki uning degradatsiyaga uchrashi;
Bir qancha xududlarda sug’orish uchun suvning yetishmasligi holati vujudga kelishi;
128 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Ekologik o’zgarishlar tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan an’anaviy yer maydonlaridagi ob-havo sharoitlarining, haroratning va yog’adigan yomg’ir miqdorining o’zgarishi;
Mineral va organiK o’g’itlar miqdori ko’paytirilishi bilan hosildorlikning o’sish sur’ati kamayib borishi;
Qishloq xo’jaligining intensiv yo’lga o’tishi tufayli, tabiiy rivojlanishning yoqilg’i va mahsulot yetishtirishning energiya bilan ta'minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolishining kuchayishi;
Qishloq joylardagi aholi sonining tezlik bilan ko’payib ketishi tufayli yuzaga keladigan turli-tuman muammolar.
O’tmishda oziq-ovqat kamchilligi bilan kurashishning asosiy usullari yangi yerlarni o’zlashtirish (masalan, cho l zonalarini) va yangi oziq-ovqat mahsulotlaridan (masalan, baliq yetishtirish) foydalanish edi. Lekin bizda yangi yerlarni o’zlashtirish Orol dengizi muammolarini yanada murakkablashtiradi, ammo baliq singari al’ternativ ozuqa mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirish esa muammoni batamom hal qilib bermaydi. Shuning uchun ham respublikamiz sharoitlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish zamona talablaridan biri bo’lib qoldi. Keyingi yillarda bir qancha mamlakatlarda kuzatilgan donli mahsulotlar hosildorligining salkam ikki barobar ko’payishi intensiv texnologiyalar vositasida amalga oshirilganligi buning yaqqol isbotidir.
Aholi ko’payishi munosabati bilan 21 asrda global miqyosda xozirgi mavjud yer maydonlarida xozirgisidan ancha ko’proq oziq-ovqat
129 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mahsulotlari yetishtirish kepak bo’ladi. Masalan, 2050 yilga kelib, dunyo aholisiga xozirgidan 70-90% ko’p oziq-ovqat mahsulotlari kerak bo’ladi. Demak, bu jarayon mamlakatimizga ham ta'alluqli va biz ham ushbu muammolarni ayni xozirgi paytda hal qilishimiz zarur. Quyida soni ko’payib borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilashning bir qancha mumkin bo’lgan yechimlari majmui keltirilgan (ushbu yechimlar O’zbekiston sharoitlarida ham ishlatilishi mumkin, albatta):
Do'stlaringiz bilan baham: |