O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 2,41 Mb.
bet37/81
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#279018
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
s


Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va bizning fikri-ojizimizcha, mamlakatimizdagi ta’lim jarayoniga innovatsion usullarni tezkorlik bilan va keng miqyosda tadbiq qilishni amalga oshirish uchun zudlik bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  1. Ta’lim vazirliklari qoshida interaktiv electron kitoblar, electron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash bo’yicha respublika ishchi kengashini (tashkilotini yoki kompaniyasini) tashkil qilish va uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy hamda sifatli interaktiv electron kitoblar, electron o’quv qo’llanmalari masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash vazifasini yuklash;

  2. Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalari, kompaniyalarni va yetakchi universitetlarni jalb qilish;

  3. Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi guruhlar tuzish;

  4. Barcha ta’lim muassasalari uchun interaktiv elektron kitoblar va o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;

  5. Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim bo’lgan interaktiv electron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga oid komp’yuter o’yinlari, masofaviy ta’lim tizimlari,

92

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni mahsus respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish;

  1. Har yili eng yaxshi interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish;

  2. Har yili bir marta respublikada yaratilgan interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va viloyatlar miqyosida tashkil qilish;

  3. O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (distance education) tizimini rivojlangan chet ellarning “distance education” platformalari andozalari asosida tashkil qilish va uni zudlik bilan ishga tushirish. Bu - birinchidan barcha ta’lim olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi va uchinchidan, davlat tomonidan sarf-harajat talab qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi;

  4. Ta’lim muassasalaridagi professor-o’qituvchilarning ish faoliyati monitoringi ba baholovida ularning interaktiv kitoblar, interaktiv

93 Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish;

  1. Ta’lim dargohlari o’qituvchilarining ilmiy, uslubiy, tarbiyaviy, tashkiliy va ma’naviy ishlar bilan to’laqonli shug’llanishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalaridagi asosiy shtatda to’liq stavkada ishlaydigan barcha professor-o’qituvchilar uchun kuniga 6 soat, haftasiga 6 kunlik ish kuni joriy qilish va buni qat’iy nazorat qilishni o’quv va monitoring bo’limlariga yuklash. Chunki ish vaqti aniq bo’lmagani tufayli ko’pchilik professor-o’qituvchilar ta’lim muassasasidagi o’z ishlarini ikkilamchi deb hisoblab, asosan boshqa joylarda ishlaydilar (firmalarda, kompaniyalarda, biznesda, dalada, ichki va tashqi bozorlarda va shunga o’xshash joylarda). Bu esa ularning ish sifatiga, bilimiga, ish unumdorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatayapti. Xuddi shuning uchun ham innovatsion ta’lim usullarini joriy qilish va ularni qo’llash o’qituvchilar uchun ortiqcha tashvish bo’lib hisoblanadi, albatta;

  2. Agar yuqoridagi tartib amalga oshirilsa, boshqa joylarda asosiy ish joyi sifatida faoliyat ko’rsatadigan barcha professor-o’qituvchilar yarim stavkaga ishga o’tishga yoki ishdan bo’shashga majbur bo’ladilar. Bular o’rniga esa keksa yoki yoshligidan qat’iy nazar malakali, bilimdon, kuchga to’lgan, chet tillarni biladigan, zamonaviy komp’yter dasturlarida bemalol ishlay oladigan, ilg’or fikrli, iste’dodli va tashabbuskor pedagoglarni ishga olish mumkin bo’ladi. Xuddi shular innovatsion ta’lim usullarini ta’lim

94

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

muassasalariga olib kirish va keng miqyosda tadbiq qilishda jonbozlik ko’rsatishlari mumkin;

  1. Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (yoki tarjima qilingan, moslashtirilgan) interaktiv electron kitoblar va o’quv qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun ularni mahsus ta’lim portaliga (shu jumladan, vazirliklar va ta’lim muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga) joylashtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi;

  2. Interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va electron o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar edi.


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish