Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Innovatsiya va modernizatsiya tushunchalari ba’zi tadbirkor va amaldorlar qo’lida davlat xazinasidan pul o’marish, noqonuniy mablag’larni legallashtirish va tezda boyib ketish qurioli bo’lib qolmasligining oldini oladigan huquqiy normativ mexanizmlar yaratish kerak. O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko’mak beradigan innovatsion modelni amalga oshirish va hayotga tadbiq qilish uchun avvalo innovatsion rivojlanishning mohiyatini barha mas’ul xodimlar va ilmiy-texnik xodimlarga atroflicha tushuntirish zarur. Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqqan holda, O’zbekistondagi innovatsion muhitni yaxshilash uchun eng muhim bo’lgan asosiy chora-tadbirlar majmui quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
Chet mamlakatlarning O’zbekiston uchun mos bo’lgan iqtisodiyot, texnika-texnologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa yo’nalishlariga oid innovatsiya sohadagi ilg’or tajribasini har tomonlama o’rganish, o’zlashtiriah va uning ijobiy tomonlaridan foydalanish;
Innovatsiyalar sohasidagi barcha eng muhim ilmiy va amaliy adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar va boshqaruv bo’g’ini hizmatchilari tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish jarayonini tashkil qilish;
Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumot bazasini tashkil qilish va uni ommaviy axborot vositalari hamda internet portali orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkor ravishda yetkazish;
58
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Xar bir innovatsion taklif kiritgan yoki mavjud innovatsiyalarni amaliyotda qo’llagan shaxslarning munosib moddiy va ma’naviy taqdirlanishiga erishish;
Korxona yoki tashkilotlarda innovatsiyalarni joriy qilgan ilmiy-texnik xodimlarning korxona daromadidan tegishli ulush olishlarini qonun asosida belgilab qo’yish;
Maxsus innovatsion soliq turini kiritgan holda undan jamlangan mablag’larni respublikadagi eng muhim innovatsiion jarayonlarni rivojlantirishga yo’naltirish;
Innovatsion faoliyat haqidagi qonunlarning normativ xujjatlarni ular noqonuniy mablag’larni legallashtirish, off-shorlashtirish, chet ellarga pul o’tkazib, ularni o’zlashtirish kabi jinoyatkorona maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qayta ko’rib chiqish zarur;
Barcha amaldorlarning mablag’lari va chiqimlarini, daromadlari va mol-mulklarini hisobga olib, ulardan har yili deklaratsiya talab qilish tizimini qonuniy ravishda joriy qilish;
Respublikada innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish (hizmat ko’rsatish) tizimlarini yaratishga bag’ishlangan mahsus loyiha ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Ushbu loyiha asosida mamlakatimiz viloyatlarining mahsus investitsion tizimlarini yaratish va ularni qattiq nazorat ostida hayotga tadbiq qilish;
Mamlakatning barcha bo’g’inlardagi ta’lim tizimini, oily o’quv yurtlariga abiturientlar qabul qilishning tartibini tubdan o’zgartirib, uni barcha joyda xoziru-nozir korruptsiyadan xalos etish. Ta’lim muassasalariga abiturientlar qabul qilishda testlar qabul qilishdan
59 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |