O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi. 
Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867-yilda 
«Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi» haqida qonun loyihasini tuzdilar, u Vazirlar 
Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kirdi. O’lkada mutlaq hokimiyat 
general-gubernator qo’lida to’plandi. General-gubernatorlik Kengashi va to’rt 
bo’limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi 
moliyaviy-xo’jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag’lari ishlarini boshqargan. 
To’rtinchisi maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir vaqtda podshoh 
noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. U 


124 
Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali (1886-1917), Xiva xonini 
esa Amudaryo bo’limi (1873-1917) boshlig’i orqali nazorat qilib turgan. 
Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar 
uchastkalarga bo’lingan. Viloyat harbiy-gubertanorligiga general darajasidagi, uyezd 
boshlig’iga polkovnik darajasidagi, uchastka boshlig’iga kapitan darajasidagi zobitlar 
tayinlangan. Mazkur ma’muriy tuzulmaning o’zagi uyezd bo’lib, uning boshlig’i 
general-gubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega bo’lgan. Uyezd 
boshlig’i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o’zida birlashtirgan, odamlarga 
jarima solish, 7 kungacha hibsda saqlashi mumkin bo’lgan, shu boisdan uni «hokim 
to’ra» deb ham atashgan. Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima solish, 3 
kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo’lgan. 
Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshlig’iga bo’ysunuvchi bo’lis (volost) 
va ovul ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonadon yashovchi hudud bo’lis, 
1-2 yuz o’tovli hudud ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo’lis boshqaruvchisi 
(oqsoqol yoki mingboshi), qishloq oqsoqollari (yuz boshi, ellik boshi, o’n boshi) 
hamda ovul oqsoqollari, ularning o’rinbosarlari saylanadigan bo’ldi. Ammo bu 
mahalliy boshqaruv tizimi Rossiya ma’muriyati qo’lida bo’lgan, nomigagina 
saylangan mahalliy aholi vakillari ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lganlar. 
Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining 
ma’muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha aholi yashardi, uning 
hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta do’konli 
saroy va boshqa inshootlar bo’lgan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy 
tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko’chirib, Rossiyadan kelganlar 
yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi 
shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan. 
Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va 
u 1877-yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent 
shahar Dumasi va boshqarma saylash nazarda tutilgan. Toshkent shahar Dumasi 
noiblarining uchdan ikki qismi yangi shahardan, uchdan bir qismi eski shahar 
aholisidan saylanadi, deb belgilangan edi. Ko’chmas mulki miqdoriga qarab, 
saylovchilar uch toifaga ajratiladi. Mulk senzi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, 
ko’chmas mulk qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 so’mdan ziyod 
ko’chmas mulk egalaridan uch toifali saylovchilar ro’yxati tuziladi. Yetarli mulkka 
ega bo’lmagan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan 
mahrum bo’lib qoldilar. 
1877-yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo’yicha saylovchilar 
yig’ini bo’lib o’tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshkentning 80 
mingdan ortiq aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya’ni tub yerli aholidan atigi 
21 nafar noib saylandi, aksariyat ko’pchilik noiblar esa 4000 mingga yaqin kishi 


125 
yashaydigan 
yangi 
shahar 
qismidan 
saylandi. 
Bu 
holat 
boshqaruvning 
mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir. 
Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo’lib, uni shahar hokimi - 
oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli 
(glava) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlanadi. Noiblar orasidan ijro 
etuvchi hokimiyat - shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi. 
Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o’quv binolari, yo’l qurilishi, 
obodonlashtirish, suv ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi bilan bog’liq ishlar bilan 
shug’ullanardi. Jumladan, 1892-yilda shaharda telefon aloqasining yo’lga qo’yilishi, 
1901-yilda ot tortuvchi tramvay yo’li (konka)ning, 1912-yilda elektr toki bilan 
yuruvchi tramvay yo’lining barpo etilishi, ko’chalarni yorituvchi elektr 
lampochkalarining o’rnatilishi kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari 
qatoriga kiritish mumkin. 
O’lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibini 
mustahkamlashga, mahalliy aholining har qanday norozilik harakatini bo’g’ish va 
bostirishga qaratilgan edi. Podshoizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisodiy 
o’zlashtirish, aholini ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan 
uyg’unlashtirilgan edi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish