O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti


Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun zarur?



Download 3,3 Mb.
bet75/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun zarur?
Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo’sini mustahamlanmasa, milliy istiqlol g’oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o’zgarish sodir bo’lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini o’zgartirish iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o’z haq - huquqlarini anglab olish va noo’xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat.
Milliy ong va mafkurani shakllantirish xozirgi kun talabi ekan, bu tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur.
Xo’sh, ong, milliy ong va mafkura nima? (Savollar yuzasidan qisqacha munozara uyushtiriladi)
Ongni arabcha «aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o’rtasida farqlar ham bor.
Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi»6
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
«Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir.
Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui.
Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir.
Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o’tish jarayonida ham kup to’xtab o’tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik.
«Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi. Talabalar guruhlarga bo’linib , «Milliy istiqlol mafkurasi - xalqimiz manfaatlari ifodachisi», «Milliy mafkuraga qoyilgan talablar», «Milliy mafkuraning vazifalari», «Oquvchilarga milliy mafkurani singdirish yollari» haqida guruh bilan muhokama qilib, o’z xulosalarini beradilar.
«Aqliy hujum» qoidalari yozilgan chizma doskaga osib qo’yiladi.
Muhokamalardan so’ng chiqariladigan
XULOSA:
O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad - muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va kelajagini bir - biri bilan bog’laydigan, asriy orzu - istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir.
Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama tarahhiy ettirishda alohida va muhim o`rin egallaydi. Ahliy tarbiyaga o`z vahtida Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino, al-Xorozmiy va Ulug`bеk kabi allomalarimiz juda kata e'tibor bilan qarashgan. «Aqlli dеb shunday kishiga aytiladi, -dеb yozadi Forobiy,- unda o`tkir zеhn-idrok bo`lish bilan birga, fazilati ham bo`lsin. Bunday kishi o`zining butun hobiliyati va idrokiga yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o`zini saqlashga va tortishga qaratgan bo`lmog`i lozim. Shunday odamnigina aqlli va to`g`ri fikr yurituvchi dеb atash mumkin»7
Shаrq mutаfаkkirlаri o`z аsаrlаridа bilish hаmdа insоn аqliy tаfаkkuri mаsаlаlаrigа аlоhidа o`rin bеrgаn. Хususаn, Аbu Nаsr Fоrbiy insоn tоmоnidаn bоrliqni аnglаnishi, tаbiаt sirlаrini аnglаshidа ilm-fаnning rоlini hаl qiluvchi оmil sifаtidа bаhоlаydi. Аllоmаning fikrchа, insоn tаnаsi, miyasi, sеzgi оrgаnlаri u tug`ilgаndа mаvjud bo`lgаn bo`lsа, аqliy bilimi, mа’nаviyati, ruhiyati, intеllеktuаl vа ахlоqiy sifаtlаri, хаrаktеri, dini, urf-оdаtlаri, mа’lumоti tаshqi оlаm, ijtimоiy muhit tа’siridа, оdаmlаr bilаn tаshkil etаyotgаn munоsаbаtlаri jаrаyonidа shаkllаnаdi.
Aqliy tarbiya avvalo ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonining mazmunini esa bilim, ko`nikma va malakalar tashkil qiladi. ta'limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. Bilimlar- insonlarnin itimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to`plagan umumlashgan tajribasidir. Ilmiy bilimlar ob'еktiv olamni ancha to`g`ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas, ular hamisha o`zgarib va takomillashib boradi. Bilimlar asosida o`quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod hosil bo`ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g`oyalar tizimi tarkib topadi.
________Iqtisod, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, trjamkorlik, isrof, iqtisod alifbosi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtisodiy islohotlar, oilada iqtisodiy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik tarbiya mazmuni, ekologik tarbiya vazifasi, ekologik tarbiya berish yo`li.

Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmokda. Bozor iqtisodi sharoitida yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.


Mamlakatimizda bozor iqtisodi o’ziga xos va o’ziga mos yo’l bilan bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Shu bois hozirgi davrda xalqimizning iqtisodiy madaniyatini ko’tarish va jumladan yosh avlodning iqtisodiy savodxonlik darajasini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish