Pedagogik texnika va o‘qituvchi mahoratini takomillashtirish yo‘llari
Pedagogik texnika-o‘qituvchining fe’l-atvori, yurish-turishini tashkil etuvchi usullar majmuasi. Pedagogik texnika vositasi, verbal va noverbal kommunikatsiya. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari. O‘qituvchining o‘z ruhiy holatini boshqara olish texnikasi. Ish va tashqi texnika. Psixotexnikaning ilmiy asoslari. Diqqatning taqsimlanishi, kuzatuvchanlik, muayyan ob’ektni tez anglay olish, aniq va yorqin tasavvur etish, badiiy sezgirlik. O‘qituvchining tashqi qiyofasi va unga qo‘yiladigan talablar.
Nutqning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. Mutafakkirlar va pedagoglarning so‘z va nutqning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqidagi qarashlari. Nutqning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot jarayonidagi asosiy bog‘lovchi vosita ekanligi. Nutq organlari, nutq apparati. Til va nutq. Og‘zaki nutqning psixologik tuzilishi; maqsadi (nima uchun gapirayapman?), mazmuni (nima demoqchiman?). nutq madaniyati haqida tushuncha, uning usullari. Nutq texnikasi, nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish, uning tozalanishi, talaffuz, nutq sur’ati. O‘qituvchining nutq mahoratini takomillashtirish yo‘llari.
Pedagogik mahoratni shakllantirining asosiy tamoyillari:yaxlit holda yondashuv; faol muloqot, pedagogik harakatning xilma-xilligi; pedagogik ta’sirning ko‘p qirraligi; nazariy bilim va amaliy malakalarning o‘zaro bog‘liqligi. O‘qituvchi mehnatini nazariy va amaliy jihatdan tashkil etish va uning o‘qituvchi mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratini shakllantirishning asosiy shakli sifatida.
RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM TARBIYA VA MAKTAB
AQSh ko’p millatli mamlakat. Shunga ko’ra har bir millat bolalari o’z ona tilini , milliy urf odatlarini, dinini bog’chalarda o’rganadilar.
Amerika maktablarida o’quv tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni har bir shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega.
Amerika maktablarida o’qish har bir o’quvchi uchun faxr-iftixor bo’lishiga, o’z bilimi imkoniyatiga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulotda salbiy holat bo’lib hisoblanadi. O’quvchilar boshlang’ich maktabni bitirganidan so’ng qo’yi (7-8-9 sinflar) o’rta maktabda o’qishni davom ettirishadi. Bu maktabni muvafaqiyatli o’tganlar yuqori, o’rta (10-11-12 sinflar) maktabga qabul qilinadi. O’quvchilar ma’lum bir sinfni, kursni yoki maktabni bitirishda test sinovlari topshiradilar.
O’rta maktablarda o’quvchilar o’zlari yoki ota-onalari tanlagan yo’nalishlarga mos holda predmetlar tanlashda erkinliklar berilgan.
O’rta maktab o’quvchilari kundalik faoliyatlarida yarim vaqtini o’quv sinflarida qolgan vaqtini kutubxonada, labaratoriya, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun mo’ljallangan joylarda o’tkazadilar.
Ayni paytda o’quvchilarga 4 yo’nalishda kasbkor bilimlar beradi.
Qishloq xo’jaligi
Biznes ta’limi.
Savdo va sanoat.
Qurilish bo’yicha kasbkor asoslari o’rgatiladi.
Amerikada yaqinda qabul qilingan «2000 yilda Amerikada ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
- 2000 yilda barcha Amerikalik kichkintoylarning maktabda tayyor holda qilishlari;
- aholining 90% oliy ma’lumotli bo’lishi, o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo’yicha jahonga o’z iqtidorlarini namoyish eta olishlari;
- har bir voyaga yetmagan Amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari;
“Umumiy pedagogika” fannidan ma’ruza mashg’ulotlarining kalendar tematik rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |