O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qo‘yiladigan talablar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qo‘yiladigan talablar
Norezident  bo‘lgan  daromad  oluvchi  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasi
tuzilgan  davlatning  rezidenti  ekanligini  tasdiqlaydigan,  quyidagi  turlardan  birida  taqdim  etilgan
rasmiy hujjat ushbu bo‘lim qoidalarini qo‘llash maqsadida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatdir:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  norezident  rezidenti  bo‘lgan  chet  davlatning  vakolatli  organi  tomonidan  tasdiqlangan  asl
nusxa. Bunda shunday hujjatni berish konsullik legallashtirish amalga oshirilgan va qonunchilikda
belgilangan tartibda apostil qo‘yilgan holda bajariladi;
(358-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2)  ushbu  moddaning 
1-bandi
  talablariga  muvofiq  bo‘lgan  hujjat  asl  nusxasining  notarial
tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
3)  chet  davlat  vakolatli  organining  internet-resursida  joylashtirilgan,  soliq  rezidentligini
tasdiqlovchi elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi.
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan davlatda chet el
banklari  va  xalqaro  banklararo  telekommunikatsiya  tuzilmalariga  chet  el  bankining  yoki  xalqaro
banklararo  telekommunikatsiya  tizimining  doimiy  turgan  joyi  faktini  tasdiqlash,  agar  bunday
turgan joy hamma foydalana oladigan axborot manbalaridagi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, talab
qilinmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston  Respublikasining  qonunchiligida  belgilangan  tartibda  legallashtirish  quyidagi
hollarda talab qilinmaydi, agar:
(358-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1)  soliq  rezidentligini  tasdiqlovchi  hujjat  chet  davlat  vakolatli  organining  internet-resursida
joylashtirilgan bo‘lsa;
2) ushbu moddaning 
birinchi qismida
  ko‘rsatilgan  shaxs  (shaxslar)  imzosining  va  muhrining
haqiqiyligini tasdiqlashning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, ya’ni:
a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan;
b) o‘zaro kelishib olish tartib-taomili doirasida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi va
chet davlatning vakolatli organi o‘rtasida belgilangan bo‘lsa.
Norezidentning  soliq  rezidentligini  tasdiqlovchi  hujjatda  ko‘rsatilgan  davr  mobaynida
O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  shartnoma  tuzgan  davlatning  soliq  rezidenti  deb  norezident
e’tirof etiladi.
Agar  soliq  rezidentligini  tasdiqlovchi  hujjatda  soliq  rezidentligi  davri  ko‘rsatilmagan  bo‘lsa,
bunday hujjat berilgan (chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan) kalendar
yil  mobaynida  norezident  O‘zbekiston  Respublikasi  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro
shartnomasini tuzgan davlatning soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish