O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda.  Nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyalarining  foydasiga  soliq  solishning



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet325/477
Sana07.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#327494
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   477
Bog'liq
30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

331-modda.  Nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyalarining  foydasiga  soliq  solishning
o‘ziga xos xususiyatlari
Nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasining  foydasi  (zarari)  deb  mazkur  kompaniyaning
ushbu  moddada  belgilangan  tartibga  muvofiq  quyidagi  usullardan  biri  bilan  aniqlangan
foydasining (zararining) miqdori e’tirof etiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan mazkur
kompaniyaning  yillik  moliyaviy  hisoboti  ma’lumotlari  bo‘yicha.  Bunday  holda  nazorat  qilinadigan


11/19/21, 4:18 PM
 30.12.2019. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
https://lex.uz/docs/-4674902#-4689101
236/333
chet  el  kompaniyasining  soliq  solinguniga  qadar  bo‘lgan  foydasining  (zararining)  miqdori  ushbu
kompaniyaning foydasi (zarari) deb e’tirof etiladi;
(331-modda  birinchi  qismining  1-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) ushbu bo‘limda soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha.
Nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasining  foydasini  (zararini)  ushbu  modda  birinchi
qismining 
1-bandiga
  muvofiq  aniqlash  quyidagi  shartlardan  biri  bajarilgan  taqdirda  amalga
oshiriladi:
1)  ushbu  nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasining  doimiy  turgan  joyi  soliq  solish
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan chet davlat
bo‘lsa,  bundan  soliq  solish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  bilan  axborot  almashishni
ta’minlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno;
2)  moliyaviy  hisobotga  nisbatan  salbiy  fikrlar  mavjud  bo‘lmagan  yoki  fikrlarni  ifodalash  rad
etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan bo‘lsa.
Nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasining  foydasini  (zararini)  ushbu  modda  birinchi
qismining 
1-bandiga
 muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1)  nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasining  foydasini  (zararini)  aniqlash  maqsadida
bunday  kompaniya  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  davlatning  qonunchiligiga  muvofiq  tuzilgan
konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi.
(331-modda uchinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar  nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasi  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  davlatda  bunday
qonunchilik  mavjud  bo‘lmasa,  foyda  (zarar)  Moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro  standartlariga  yoxud
moliyaviy  hisobotlarni  tuzishning  xalqaro  jihatdan  e’tirof  etilgan,  qimmatli  qog‘ozlarni  savdolarga
qo‘yishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga
kiritilgan  chet  el  fond  birjalari  hamda  chet  el  depozitar-kliring  tashkilotlari  tomonidan  qabul
qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;
(331-modda  uchinchi  qismi  1-bandining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-
apreldagi  O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2)  agar  nazorat  qilinadigan  chet  el  kompaniyasi  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  davlatning
qonunchiligiga  muvofiq  ushbu  kompaniyaning  moliyaviy  hisoboti  majburiy  auditdan  o‘tkazilishi
shart  bo‘lmasa,  ushbu  Kodeks  maqsadlarida  foydani  (zararni)  aniqlash  auditi  auditning  xalqaro
standartlariga  muvofiq  o‘tkazilgan  moliyaviy  hisobot  asosida  amalga  oshiriladi.  Ushbu  bandda
belgilangan  shartlarga  rioya  etish  ushbu  modda  ikkinchi  qismining 
1-bandini
  qo‘llash  maqsadlari
uchun talab etilmaydi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   477




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish