O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

270-modda. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari
Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar
belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi
haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha
— zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim
bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda,
bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat
qilish uchun muddat belgilanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
(ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.6-
bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan
mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi
qarorining 
2
 va 
3-bandlari
.
271-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va xodimni boshqa ishga
o‘tkazish haqidagi nizolar yuzasidan qaror qabul qilish
Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan
yoxud xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko‘rib
chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganligining qonuniyligi
yoki qonuniy emasligi haqidagi masala hal qilinayotganda, sud xodim bilan mehnatga oid
munosabatlar bekor qilinganligining asosliligiga baho berib o‘tadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar
tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi
haqida”gi 
qarori
.
G‘ayriqonuniy ravishda sudlanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan
yoki g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan ishdan (lavozimdan)
chetlatilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi lozim, buning imkoniyati bo‘lmaganda esa
(korxona tugatilganligi, shtatlar qisqarganligi) yoki ishga (lavozimga) tiklash uchun monelik qiluvchi
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, unga avvalgi ishiga (lavozimiga)
teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
310-moddasi
.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish