O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojxona organlarini xabardor qilish



Download 265,06 Kb.
bet8/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

17-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojxona organlarini xabardor qilish
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib o‘tishidan xabardor qilishi shart.
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular to‘g‘risida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs ular to‘g‘risidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etishi shart.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib o‘tayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak bo‘lgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib o‘tayotgan shaxs ko‘rsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan bo‘lsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi.
Bojxona chegarasi kesib o‘tilayotganda bojxona organini xabardor qilish bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bojxona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Bojxona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilishi to‘g‘risida xabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda to‘xtamasdan bojxona hududini kesib o‘tadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu modda talablari qo‘llanilmaydi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish