Diskret – uzlukli.
Differensiasiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo’linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Iyerarxiya – bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqyeiga ko’ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo’ysunishi.
Izotrop – barcha yo’nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integrasiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o’ziga, o’z ichki dunyosiga qarab mo’ljal oluvchi.
Imitasiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |