4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
5. Ikki juz’iy hukmdan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6. Asoslardan biri inkor hukm bo’lsa, xulosa ham inkor hukm bo’ladi. Masalan:
Hyech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir.
Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
7. Asoslardan biri juz’iy hukm bo’lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo’ladi. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |