O‘zbeкiston respubliкasi


[Pm] ga daxldorlik kasb  etib turgan  Jahongir  va  tez  so‗zlari kesimdagi atov birligi  [W]



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

[Pm]
ga daxldorlik kasb 
etib turgan 
Jahongir 
va 
tez 
so‗zlari kesimdagi atov birligi 
[W] 
kengaytiruvchisi bo‗lgan 
kitobni 
so‗zshaklining aktanti hisoblangan 
o„qigan 
so‗zining kengaytiruvchilaridir. 
Кo‗rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat 
[Pm]
ga 
bog‗langan hokima‘zoo‗rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib 
kelayotgan aktant nutqiy gap tarkibidagina bo‗ladi. Nutqiy gap 
qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko‗rinishida bo‗lgani kabi, 
lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo‗ladi. Misolga murojaat qilamiz: 
Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. 
Bu gapning struktur 
sxemasi quyidagicha (49-jadval): 
49-
 
jadval 



P

Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi 


404 
Bunda bo‗laklarning barchasi bir so‗z bilan ifodalangan. So‗zning 
har biri qanchalik kengaysa ham, gapning lisoniy strukturaga 
munosabati o‗zgarmaydi. Gapning 
Olimlikni orzu qilgan Shavkat 
pedagogika 
universitetini 
imtiyozli 
diplom 
bilan 
tamomlab, 
magistraturaga kirish uchun tayyorlanayotganda o„z faoliyatiga 
daxldor bu gaplardan bexabar edi 
tarzidagi kengaygan ko‗rinishi 
struktur sxemasiga diqqat qilaylik (50-jadval): 
50-
 
jadval 



Pm 
Shavkat 
tayyorlanayotganda 
bexabar 
edi 
 
kirish uchun 
magistraturaga 
tamomlab 
diplom bilan 
imtiyozli 
universitetini 
pedagogika 
orzu qilgan 
olimlikni 
gaplardan 
daxldor bu 
faoliyatiga 
o„z 
 
Кo‗rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‗lmasin, uning struktur 
qolipi o‗ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo 
farqlanmaydi. 
So‗zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo‗lakka 
bog‗langanda yuz beradi. Кonstruktiv bo‗lak bo‗lishi uchun kesimlik 
shakllanishi zarur bo‗ladi. Chunki kesim mavjud bo‗lsagina, unga 
bog‗langan ayrim so‗zlar konstruktiv bo‗lak tabiatiga ega bo‗ladi. 
Masalan, 
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun 
jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni egallashi 
nutqiy 
hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim 
yo‗q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‗laklari ham mavjud 
emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‗ldiruvchisi 


405 
maqomini olsa, so‗zlardan mutlaq hokimlarining mavqeyi o‗zgaradi 
va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu 
yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol mavqeyini 
egallashi 
mumkin:kesim: 
Mening orzum – qizim Muniraning yosh rassomlar 
ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni 
egallashi; 
ega: 
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali 
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni egallashi – 
mening orzum; 
hol: 
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali 
butun 
jahon 
bosqichi 
mintaqa 
tanlovida 
yuqori 
o„rinni 
egallaganligidan biz juda quvondik. 
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi 
asosiy kengayuvchi unsur (
egallashi
) gapning konstruktiv bo‗lagiga 
aylanadi, sifat o‗zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik 
kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali – gap qolipiga 
bilvosita aloqador bo‗ladi, ular mavqeyidagi o‗zgarish sifat o‗zgarishi 
darajasida bo‗lmaydi. 
So‗z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisa. 
Masalan, 
Кecha kelgan bolanitanimadim 
gapida 
kecha 
so‗zi 
kelgan 
so‗zining kengaytiruvchisi. Lekin 
Bola kecha keldi? 
gapida u gap 
kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u 
kelgan 
so‗zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog‗langan. Ikkinchi gapda esa 
so‗zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga daxldor. 
Кecha kelgan bola 
birikuvidagi 
kelgan 
so‗zshakli zamon ma‘nosi 
bilan 
keldi 
so‗zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi. Birinchi 
so‗zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma‘nosi bo‗lsa, 
keldi 
gap 
markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi 
unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismi. To‗g‗ri 
chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning 
tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo‗lgani kabi, zamon ham 
Кecha kelgan bola 
birikuvida boshqa, 
Bola kecha keldi 
birikuvida 
boshqa butunlikning tarkibiy qismi. Harakatning bajaruvchisi ham goh 
so‗z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon 
bo‗lishi mumkin. 
Halim kecha kelgan. Halim kecha kelganda men 
yo„q edim 
juftliginingbirinchisida 
Halim 
gap kengaytiruvchisi (ega), 
konstruktiv bo‗lak, ikkinchi gapda esa so‗z kengaytiruvchisi, ya‘ni 
konstruktiv bo‗lak emas. Shuningdek, keltirilgan misoldagi 
mintaqa 
bosqichida 
unsuri 
egallashi 
so‗zi kesim mavqeyida kelganda 


406 
konstruktiv bo‗lak, boshqa hollarda (hol va egaga bog‗langanda) esa 
so‗z kengaytiruvchisi. 
Ma‘lum bo‗ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so‗z 
kengaytiruvchisi mavqeyida bo‗lishi kengayuvchi so‗zning sintaktik 
mavqeyi bilan belgilanadi. 
Gap bo‗lagi maqomida so‗z ham, so‗z birikmasi ham kelishi 
mumkin. Gap bo‗lagi vazifasida kelgan so‗z o‗z kengaytiruvchisi 
bilan bir butun holda bitta gap bo‗lagi (yoki bo‗lakning bo‗lagi) 
sanaladi. 
Gapni bo‗laklarga va so‗z birikmasiga ajratish – sintaktik 
tahlilning ikki xil ko‗rinishi. Gapni bo‗laklarga ajratish kommunikativ 
birlik tahlili bo‗lsa, so‗z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlili. 
Masalan, 
Gulnora o„qigan kitobni men kecha tugatgan edim 
gapining 
gap bo‗laklari bo‗yicha tahlili quyidagicha bo‗ladi: 
1) tugatgan edim 
– 
kesim; 
2) men 
– ega; 
3) kecha 
– hol. 
Gulnora o„qigan kitobni 
birikuvi 
gap bo‗lagi emas va u bo‗laklar tahlilida e‘tiborga olinmaydi. 
Demak, to‗ldiruvchi va aniqlovchi so‗z kengaytiruvchisi 
bo‗lganligi bois gap bo‗laklari tahlilida nazardan chetda qoladi. Gapni 
so‗z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‗z kengay-tiruvchi 
so‗z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchisi biror so‗z 
(atov birligi) ma‘nosini emas, balki kesimlik qo‗shim-chasi ma‘nosini 
muayyanlashtirganligi bois, so‗z birikmalari sifatida olinmaydi. 
Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommu-nikativ sathga daxldor, 
ya‘ni [
Pm
]ga bog‗lanuvchi so‗zlarni chiqarib tashlasak: 
a)
 
Gulnora o„qigan; 
b)
 
o„qigan kitob; 
d) 
kitobni tugatmoq 
kabi uchta so‗z birikmasi mavjudligi ayon bo‗ladi. Chunki gap 
tarkibidagi 
Gulnora,o„qigan

kitobni 
birliklari so‗z kengaytiruvchisi. 
Demak, xulosa qilish mumkinki, so‗z kengaytiruvchisi va gap 
kengaytiruvchisi munosabatidan kelib chiqqan holda so‗z birikmalari 
tahlilini gap bo‗laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish