SB zanjiri.
Ayrim murakkab SBda bir so‗z oldingi so‗zga hokim,
keyingi so‗zga nisbatan tobe bo‗lishi mumkin. Masalan:
maktabda
o„qiyotgan bola
kabi. Bunda
o„qiyotgan
so‗zi
maktabda
so‗ziga
hokim,
bola
so‗ziga esa tobe a‘zo sanaladi. Uning sxemasini
quyidagicha berish mumkin:
bola
o„qiyotgan
339
maktabda
340
Birikma esa kengayishi mumkin:
341
bola
o„qiyotgan
342
maktabda
kunduzgi
343
So‗z birikmasidagi a‘zolarning bu tarzdagi kengayishi SB zanjiri
deyiladi. Lekin barcha murakkab birikma ham SB zanjirini hosil
qilavermaydi. Masalan
, xo„jalikdagi ilg„or terimchilar
birikmasi kabi.
344
Buning bog‗lanishi zanjirsimon emas. Chunki
xo„jalikdagi
so‗zi
ilg‗or so‗ziga emas, balki
ilg„or terimchila
r birikmasiga tobelangan:
terimchilar
ilg„or
xo„jalikdagi
345
SB va sintagma.
Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan
parchalari nutq jarayonida qisqa to‗xtam bilan ajraladi. Bunday
parchalar
sintagma
deyiladi. Masalan:
A‟lochi o„quvchilar barcha
imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar
gapi uchta sintagmaga
bo‗linadi:
1)a‟lochi o„quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat
bilan topshirdilar.
Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to‗xtamdan
so‗ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan
kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar
undan kichikroq bo‗ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan
yaxlitlangan fonetik butunlik.
Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‗lishi mumkin.
Sintagma ba‘zan bir so‗zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha
so‗zli bo‗lganda, ko‗pincha, yetakchi va unga tobe so‗zdan tashkil
topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik
munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‗z keyingi
sintagma uchun tobe bo‗lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan
gapdagi
a‟lochi o„quvchilar
sintagmasidagi hokim a‘zo (
o„quvchilar
)
barcha
so‗ziga tobe bo‗lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u
uchinchi sintagmadagi
topshirdilar
so‗ziga tobelanadi.
Sintagma SBga teng bo‗lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-
yon kelgan tobe va hokim a‘zolar sintagma hosil qila oladi:
a‟lochi
o„quvchilar
birikuvi ham SB, ham sintagma.
O„quvchilar topshirdilar
birikmasi erkin birikuv bo‗lsa-da, sintagma emas, chunki a‘zolari bir
pauza bilan birlashtirilmagan.
Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning
unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin
SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‗lmagan boshqa SB
uzvlari joylashgan bo‗lishi mumkin:
kitobni kecha o„qidim
gapidagi
kitobni o„qimoq
SB orasida unga daxli bo‗lmagan
kecha
so‗zi
joylashgan.
Sintagmalanishning o‗ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-
yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‗ldiruvchi va to‗ldirilmish,
hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi.
So‗zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‗lishda muhim rol
o‗ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‗lib, har bir
so‗zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‗lishi mumkin. Masalan
:
346
Halim shofyor akamning o„rtog„i
gapini quyidagicha sintagmalash va
uni turlicha tushunish mumkin;
1. Halim – shofyor akamning o„rtog„i.
2.
Halim shofyor – akamning o„rtog„i.
Demak, gapning lisoniy
mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi
ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |