LSQni ajratishning ahamiyati.
Tabiatda sof narsa uchramaydi.
Har bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sof
moddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar
olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk
«topilma» bo‗ldi. Bu D.Mendeleyev davriy jadvalida o‗z aksini topdi.
Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‗rganish muhim ahamiyat
kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin
zarur bo‗lgan turli-tuman sun‘iy moddalar hosil qilinganidek,
«tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik,
morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish»,
ya‘ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi
zamonaviy «yumush»larda muhim qiymat kasb etadi.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
LSQni qanday tushundingiz?
2.
Hosilaning xususiyatlari haqida gapiring.
3.
Qolipning tarkibini tushuntiring.
4.
Qolipda umumiylik va xususiylik dialektikasi namoyon
bo‗ladimi?
5.
Umumlashtirishda nimaga e‘tibor qaratiladi?
6.
Nosintaktik hodisalarga nimalar kiradi?
316
7.
Qolipning shakliy tomoni haqida gapiring.
8.
Qolipning mazmuniy tomoni haqida gapiring.
VALENTLIK
Tayanch tushunchalar
Valentlik, tobe valentlik, hokim valentlik, imkoniyat, sintaktik
aloqa, leksik valentlik, sintaktik valentlik, morfologik shakl valentligi,
gap, so„z birikmasi, lison, nutq, umumiylik, xususiylik
74-
§. Valentlik haqida tushuncha.
Valentlik
aslida
ximiyaviy
atama, tilshunoslikda
lisoniy
birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik
imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo‗llanadi.
Valentlikning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod
(O)
atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega.
Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo‗sh o‗rniga qarab
belgilanadi. Suv molekulasi (N
2
O)da bu bo‗sh o‗rinlar to‗ldirilgan.
Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka
ega bo‗lib, uning bo‗sh o‗rni bitta. Demak, ko‗rinadiki, suv
molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham
valentlik
imkoniyati voqelikka aylangan bo‗lib, ular kislorodda biriktiruvchi,
vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va
kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo‗lgandagina birikma hosil qilishi
mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil
qila olmaydi.
Atomning valentligi ro‗yobga chiqmagan, namoyon bo‗lishi
uchun sharoit talab etiladigan imkoniyat. Lisoniy birlik ham ana
shunday birikish-biriktirish imkoniyatiga ega, u (ya‘ni valentlik) ham
lisoniy birliklarning o‗zi bilan muayyan til jamiyati a‘zolari ongida
yashaydi. Masalan,
o„qi
leksemasi kishi ongida bir nechta bo‗sh
o‗rniga ega holda mavjud bo‗ladi va nutqda voqelanib, bir vaqtda
o‗ziga shuncha birikuvchini ham torta olishi mumkin. Uni chizmada
quyidagicha tasavvur qilish mumkin (30-jadval):
317
30-
jadval
kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |