5. Shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi
.
Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi. U - fan tili. Asosiy vazifasi
g‘oyalar faktlar qonuniyatlar hodisаlar va tushunchalar tizimi bilan aloqadorlikdir. Bu
axborotlar isbotlangan, dalillangan va umumlashganligi, yozma nutq shaklida nomoyon
bo‘lishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Axborotning хolisligi va umumlashganligi,
mantiqiy vap izchilligi, aniq va batafsilligi bu uslubga xosdir. Bu uslubda avtor shaxsi
ifodalanmaydi, bo‘yoqdor so‘zlar uchramaydi. Har bir fan sohasiga oid shartli
qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi. Shu fanga oid terminlar uchraydi.
Albatta, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon
ilmiy-ommabop bayondan ma’lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish
situatsiyasi va bayon qilish «materiali»dan kelib chiqadi. Binobarin, ilmiy-texnik, ilmiy-
ommabop, ilmiy-ommabop matematik bayonlar ilmiy uslubning ko‘rinishlari bo‘lgani
uchun, ular ilmiy uslubga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ilmiy
uslubning barcha belgi-alomatlari ularning har birida o‘ziga xo sbir shaklda
takrorlanadi. Masalan, ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan biron fanga
oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo‘lmagan kishilar uchun
mo‘ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli
tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo‘llaniladi, umuman tanish bo‘lmagan termin va
mavhum formulalar o‘rniga aniq tasviriy materiallarga kengroq o‘rin beriladi. Lekin
ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko‘rinishi o‘rtasidagi bir xildagi tafovutlar
ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Monologik xarakterda o‘zbek ilmiy terminologiyasida
oq tuproq, sariq tuproq
kabi
obrazli terminlar ko‘rinishidan obrazli tuyulsa ham, lekin ilmiy uslubda narsa va
xodisalarni faqat nomlash uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda esa obrazli tafakkur
ifodasi uchun xizmat qilib, kitobxonga estetik ta’sir etish vositasiga aylanadi. Masalan,
uchur yulduz, quyruqli yulduz kabi astronomik terminlar shular jumlasidandir.
Ilmiy -ommabop uslubda badiiy nutq unsurlari va usullariga murojaat qilinishi
hollari tez-tez uchrab turadi.
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiiqan dalillangan,
grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy
uslubning mohiyatini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy
fanlarga oid tadqiqotlar ko‘proq ommaviyligi bilan tavsiflansa, aniq fanlarga oid
tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko‘proq anglashilarli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |