TARJIMAYI HOL
Tarjimayi hol – muayyan shaxs o`z shaxsiy hayoti, mehnat va ijtimoiy faoliyati
haqida asosiy ma’lumot beruvchi ish hujjatidir.
Bu hujjat o`quv yurtlariga, ishga yoki biror jamoat tashkilotiga kirishda beriladi.
Tarjimayi hol birinchi shaxs tomonidan yoziladi.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
I.
Hujjatning nomi (Tajimayi hol).
II.
Hujjat matni (“Men” olmoshi bilan boshlanadi). Uning tarkibida quyidagilar qayd
etiladi:
1)
familiya, ism, ota ismi;
2)
tug`ilgan sanasi (yil, kun,oy) va joyi;
3)
qanday oilada tug`ildi;
4)
ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, ota
ismi, ish joyi va lavozimi);
5)
ma’lumoti (maktab, kollej yoki oliy o`quv yurtini bitirganligi);
6)
qachon, qayerda, kim bo`lib ishlagan;
7)
jamoat ishlarida va jamoat tashkilotlarida ishtiroki haqida ma’lumot;
8)
oiloaviy ahvoli, eri (xotini va bolalarining) familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi
valavozimi.
9)
Turar joyi (manzili).
III.
Tarjimayi hol yozilgan sana.
IV.
Imzo.
Izoh: Hamisha yodingizda tuting: Tarjimayi hol o`z hayotingizning bayonidir.
Tarjimayi hol
Men, Omonova Shaxlo Shavkatovna, 1993-y. 21-dekabrda O`zbekiston Respublikasinig
Navoiy shahrida ziyoli oilasida tug`ildim.
Otam - Omonov Shavkat Ikromovich, Navoiy mashinasozlik zavodida chilangar bo`lib
ishlaydi.
Onam - Omonova Nasiba Nosirovna-shifokor.
Opam - Omonova Muhabbat maktabda o`qityuvchi bo`lib ishlaydi va ayni vaqtda
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti talabasi.
2000-y. Navoiy shahridagi 17-o`rta o`rta maktabga o`qishga kirdim. 2009-y. o`rta
maktabning 9-sinfini tugatib, Navoiy konchilik kollejiga o`qishga kirdim. 2012-yil shu kollejni
tugatib, Navoiy davlat konchilik institutiga o`qishga kirdim. Ayni vaqtda konchilik fakultetining
IV kurs talabasiman.
Turmushga chiqmaganman.
Mening turar joyim: Navoiy, Usmon Nosir ko`chasi, 45-uy.
23.
09. 2016 Sh. Sh.Omonova.
ARIZA
Ariza biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.
Ariza ma’lum mas’ul ma’muriy shaxs yoki muassasa nomiga yoziladi. Ariza oddiy yoki
murakkab tarzda bo`lishi mumkin. Oddiy ariza faqat iltimos mazmunida bo`lib, juda qisqa
asoslanadi. Murakkab arizada iltimos (shikoyat) batafsil asoslab beriladi, unda arizachining
so`zini tasdiqlaydigan va uning iltimosi qanoiatlantiradigan darajada hal qilish huquqini
beradigan hullatlar ro`yxati ilova etiladi.
Ariza mazmunan muxtasar bo`lishi, aniq va asosli yozilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |