11-MA`RUZA. FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMASIYA FANINING
MOHIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Ma'ruza rejasi:
1.
Farmakologiya fanining mohiyati, maqsad va vazifalari.
2.
Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3.
Dori vositalari haqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan o‗zaro munosabati.
Dorilarni dozalash.
4.
Klinik farmasiya fanining mohiyati, maqsad va vazifalari.
Tayanch so`z va iboralar:
Farmakologiya, dori vositalari, doza, Klinik farmasiya.
Farmakologiya tibbiy-biologik fan bo`lib, tibbiyot va farmatsiya bo`yicha mutaxassislarni
tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Farmakologiya lotincha so`zlardan olingan bo`lib,
(rnarmacon-dori, logos ta'limot, fan) dorilar to`g`risidagi ta'limot, fan ma'nosini beradi. Lekin
xozirgi zamon farmakologiyasining bunday ta'riflanishi mutlaqo yetarli emas, chunki uning tub
zamirida keng ko`lamli maqsad, vazifalar va tushunchalar yotadi. Ular asosan quyidagilardan
iborat: farmakologiya turli kimyoviy va boshqa moddalarning, shu jumladan dori vositalarining
ham tirik hayvonlar va odam organizmiga ta'sirini, shu tufayli ular organizmida sodir bo`ladigan
o`zgarishlarni tatbiq etadi, o`rganadi;
Fanning asosiy maqsadi
-farmakologiya fanining farmatsevtlar tayyorlashda tutgan o‗rni,
ahamiyati va uning vazifalari, asosiy dori vositalarining farmakologiyasini ma‗ruzalar va auditoriya
mashg‘ulotlari asosida o‘rganishdir. Bo‗lajak mutaxassislar «Farmakologiya» fani bo‘yicha dori
vositalarining farmakologik ta‘sir mexanizmi, ishlatilishi va nojo‘ya ta‘siri, dorilarning
farmakoterapevtik xususiyatlari, dorilar bilan zaharlanish va birinchi yordam, yangi dorilarni izlash
va turmushga tatbiq etish, maxsus dorilar qo‘llanmalaridan foydalana bilish va ularni tahlil etish,
retseptlar yozilishining umumiy qoidalarini bilish, noto‘g‘ri yozilgan retseptlarni tekshira bilish va
ularni to‘g‘rilash, dorilarni qaysi farmakologik guruhlarga taalluqliligi va ularni boshqa preparatlar
bilan almashtira bilish, dori vositalarini farmakodinamikasini va ishlatish qoidalarini bilgan holda
tahlil qila olish ko‗nikmalariga ega bo‗lishlari lozim.
-ushbu o`zgarishlarning kelib chiqish sabablarini yoki kimyoviy moddalar ta'sirining
mexanizmini aniqlaydi va ilmiy tomondan tushuntiradi;
- yangi dori moddalarini yaratish, tekshirishdan o`tkazish, o`rganish va ularni tibbiyot
amaliyotiga joriy etish bilan shug`ullanadi;
- dori vositalari yordamida bemorlarni davolash va kasalliklarni oldini olish bilan bog`liq
bo`lgan turli masalalarni (dozasi, yuborish yo`li va boshqalar) hal qiladi.
Fanni o‗qitishdan maqsad – yangi dori vositalarini izlash, ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish,
hamda dorilar yordamida to‘qima va a‗zolarni fiziologik faoliyatini boshqarish, turli kasalliklarni
muolaja qilish va oldini olishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarni tibbiyotda qo‘llanadigan asosiy dori vositalarining farmakologik
hususiyatlari, ta‗sir mexanizmi, tasnifi, chiqarilish shakllari va b. bilan tanishtirish va o‘rgatishdan
iboratdir. Farmakologiya fanini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida kafedrada multimedia dasturi
ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |