metr"
, bir kub detsimetr suvning temperaturasi 4
O
S bo‗lgandagi massasi
-
"kilogramm" va hokazolar).
•
Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashish davri
. XX asrdagi ilm-fan va
texnikaning, shu jumladan davlaltlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning shiddatli tusdagi
rivojlanishi metrologiyaga ham o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Bundagi asosiy maqsadlardan biri -
o‗lchash birliklarining turli tumanligiga barham berish, umumiy qabul qilingan o‗lchash
birliklarini joriy etish, mahsulotning sifatini nazorat etishda umumiy qoidalarni amalga
oshirish hisoblangan. SHu asnoda oldingi asrning o‗rtalarida asosiy iqtisodiy salohiyatga
ega davlatlar o‗rtasida SGS va MKGSS tizimlari joriy etildi. Uning mantiqiy yakuni sifatida
1960 yil o‗lchovlar va og‗irliklarning XI Bosh konferensiyasida birliklarning yagona
xalqaro birliklar tizimi (SI) joriy etildi. Bizning mamlakatimizda ushbu tizim 1982 yilning 1
yanvaridan boshlab GOST 8.417-81 asosida joriy etilgan.
23
Hozirda asosan SI va SGS tizimlari amalda qo„llansada, birinchisi ikkinchisini tobora
siqib chiqarmoqda. Buning asosiy sababi, bu tizimdan deyarli barcha davlatlarda
foydalanilishi va uning qator qulayliklarga va afzalliklarga egaligi ekanligi:
•
- universalligi, ya‘ni ilm-fan va texnikaning barcha soha-larini qamrab olganligi;
•
- o‗lchashlarning barcha turlari va sohalarini birxillashti-rish imkoniyati;
•
- kattaliklarning kogerentligi;
•
- birliklarni yuqori aniqlikda hosil qilish mumkinligi;
•
- fizika, kim
yo
va boshqa shu kabi fanlarda qo‗llanadigan formulalarni sodda shaklda
ifodalash mumkinligi;
•
- o‗z nomlariga ega bo‗lgan karrali va ulushli birliklarni hosil qilishning yagona tizimda
bo‗lishi;
•
- o‗kitish jara
yo
nlarini yuqori didaktikligini ta‘minlash mumkinligi (ortiqcha va tizimdan
tashqari bo‗lgan birliklarni o‗rganish ehti
yo
ji yo‗qligi);
•
- davlatlararo ilmiy-texnika va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda umumiy echimlarni
olishda qulay imkoniyatlar mavjudligi.
•
O‗zbekistonda Metrik o‗lchovlar tizimining joriy etilishi 1923 yil 18 apreldan, Turkiston
respublikasi XKK (SNK) qaroriga ko‗ra ―O‗lchov va tarozilar to‗g‗risda nizom‖ tasdiqlanib,
Ichki savdoni tartibga solish qo‗mitasi qoshida Turkiston o‗lchov va tarozilar byurosi tashkil
qilingan paytdan boshlanadi. 1930 yil mart oyida O‗zbekiston SSR xalq komissarlari
kengashi qoshida standartlashtirish qo‗mitasi tuzilgan va 1931 yilda O‗lchov va tarozilar
palatasi bilan birlashtirilgan.
Mustaqillik yillarida, qisqa davr ichida mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning
sifati va xavfsizligini o‗lchash vositalari, o‗lchash uslubiyatlari, malakali mutaxassislar, bir
so‗z bilan aytganda metrologik faoliyat talablarini amalga oshiradigan Metrologiya bo‗yicha
Milliy idora sifatida dastlab O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish markazi ―O‗zdavstandart‖ (1992), keyinchalik esa ―O‗zstandart‖ agentligi
(2002) tashkil etildi. SHu bois barcha O‗lchashlar birligini ta‘minlash davlat tizimi
(O‗BTDT) xam yaratildi. Bu tizim milliy qonunchilik talablari bilan bir qatorda Metrologiya
bo‗yicha xalqaro va regional tashkilotlar tartib qoidalari asosida tashkil etildi.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |