Muddatda tug'ilgan deb oxirgi hayz ko’rgan kunidan 40 hafta yoki 280 va
286 kunlar o'rtasida tug'ilganlar tushuniladi. Birinchi hayz ko’rgan kun "0" deb
olinadi.
Chala tug'ilganlik deganda homiladorlik 37 haftadan kam muddat
bo'lganda tug'ilganlik tushuniladi (259 kundan kam).
Vaqtiga yetib tug'ilganlik - xomiladorlik muddati 37 haftadan yuqori
bo'lganda tug'ilishdir (259-293 kun).
Vaqtidan o’tib tug'ilganlik - homiladorlik 42 xafta va undan yuqori (294
kun va undan yuqori) muddatdagi tug’ruqlar.
Yangi tug'ilgan chaqaloqni hayotining birinchi soatida vazni aniqlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |