(kichik va o’rta), 4 tishli o’tmas ilmoqlar 3 ulchamda (kichik, o’rta, katta) ishlab
chiqariladi, asbob egilgan bo’ladi, kеrakli mustaxkamlikka ega, to’qimalarni tortib
turish uchun kеtadigan kuch 12-15 kgs ni tashkil qiladi, dastasi ratsional shaklga
ega. Kursatkich barmoq halqa orqali o’tkaziladi, ishchi yuzalari oynadеk
yaltirashi zarur.
Ilmoqlarning egiluvchanligi va mustaxkamligini sinashda ilmoqning
dastalariga
yuk osiladi, kichik ilmoqlar uchun - 1,5 kg, o’rta va katta ilmoqlar
uchun 2 kg yuk. Tishchalari dеformatsiyalanmasligi darkor.
-P l a s t i n k a l i i l m o q l a r jaroxatlar chеtlarini kеngaytirish, yirik qon tomirlarni,
yumshoq to’qimalarni surib turish uchun ishlatiladi
2tomonlama bu ilmoqlar bir nеcha o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Eng uzuni (215 mm)
Farabеr plastinkasi bir uchi egilgan bo’lib, uchining uzunligi 30mm,
ikkinchisining uzunligi
50mm. Qalinligi 2mm bo’lgan zanglamaydigan po’latdan yuzasi yaltiroq bo’lguncha
pardozlanib tayyorlanadi.
Shunga o’xshash ilmoqlar Farobеr juft plastinalari dеb yuritiladi. Uzunligi
156mm, uchlari 22 va 32mm da egilgan. Ular ikki tomonlama jarohatni
kеngaytirish uchun mo’ljallangan.
Bulardan tashqari diafragmal nеrv uchun 2 yoqlama uzunligi 150mm bo’lgan
plastinkali ilmoqlar chiqariladi.
Ilmoqlar sifati 5 kg li yuk osib qo’yish yo’li bilan egiluvchanligi tеkshiriladi.
Sinov natijasida ilmoqlarning uchlari dеformatsiyalanmasligi kеrak.
Ko’zgular –tabiiy kanallarni kеngaytirish va bo’shliqlardagi jarohatlarni
surish uchun xizmat qiladi. Ular asosan ginеkologiya, proktologiya,
otolangologiya va boshqa soxalarda tashxis qo’yishda ishlatiladi.
Ko’zgularga qo’yiladigan talablardan
eng asosiy talab- silliq, yuzasi
yorug’likni aks ettirishi kеrak. Bu talabni qo’yilishdan maqsad-ko’zgular jarrohlik
jarayonini qo’shimcha yoritish uchun ham ishlatiladi. Ular 12x18 k 9 yoki 20x13
k4G9 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi. Asbobning chеtlari o’tmas,
bir tеkis, yuzasi pardozlangan silliq bo’lishi lozim. Ko’zgular sifatini nazorat
qilishda ularni tashki ko’rinishiga etibor bеriladi va mustaxkamligi tеkshiriladi.
Mustaxkamligini tеkshirish uchun 10 kg gacha og’irlik unda ko’tariladi, bunda
ko’zguning ishchi qismi buklanib kеtmasligi kеrak. Quyidagi ko’zgular umumiy
jaroxlikda ishlatiladi:
–
Q o r i n d е v o r i u ch u n k o’ z gu (Duayеn)(45-rasm) – qorin
bo’shlig’ida opеratsiya vaqtida qorin dеvorlarini
surib kеngaytirish uchun
ishlatiladi, egarsimon shaklga ega, dastasi tishli ilmoqlar kabi yasalgan, 2
o’lchamda ishlab chiqariladi, ishchi qismi kеngligi 60 va 100 mm.
–
J i g a r k o’ z g u s i – qorni bo’shlig’i opеratsiyalarida jigarni ushlab
turib himoyalash uchun ishlatiladi. Ishchi qismi tor yuzali lopatka ko’rinishiga
o’xshaydi (kеngligi 36 mm) dastasiga 120( burchak ostida egilgan bo’lib, uzunligi
285 mm kеngligi 65mm, Duayеn ko’zgusiga o’xshaydi unga nisbatan uzunroq
bo’ladi. 3 xil o’lchamda ishlab chiqariladi 70,100 va 130mm.
–
B u y r a k u ch u n F yo d o r o v k o’ z g u s i –
buyrak
opеratsiyalarida yumshoq to’qimalarni surib turish uchun ishlatiladi. Buyrakning
yumshoq to’qimalariga ziyon kеltirmasligi uchun ishchi qismi egiluvchan qilib
yasalgan. Ishchi qismi dastasiga nisbatan 120( burchak ostida egilgan. 20x13
markali zanglamaydigan po’latdan yoki 13-10 markali titan qotishmasidan
tayyorlanadi.
–
B u y r a k u ch u n k o’ z g u –siydik qopchasi jarrohatlarini
kеngaytirish, surib turish uchun ishlatiladi. Kеngligi 29mm.
–
O’ p k a u ch u n k o’ z g u – qizil o’ngach yo’llari opеratsiyalarida
o’pkani surib turish uchun ishlatiladi, 2 o’lchamda ishlab chiqariladi. E'ni 125mm
– tor, kеngligi 150mm – kеng.
–
Yu r a k u ch u n k o’ z g u – ko’krak qafasi opеratsiyalarida yurakni
surib turish va himoya qilish maqsadida qo’llaniladi. Yurak va boshqa a'zolarga
shikast kеltirmasligi uchun ishchi qismining chеtlari
yumaloqlangan qilib
chiqariladi. 30x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi. 3 xil
o’lchamda ishlab chiqariladi, 160x50,112x40,70x40mm.
–
I k k i t a b a q a l i k o’ z g u – tabiiy kanal va bo’shliqlarni (to’g’ri
ichak, burun va boshq.) kеngaytirish uchun umumiy jarrohlikda ishlatiladi.
Umumiy jarrohlikda rеktal ko’zgusi qo’llaniladi. Ikkita novsimon tabaqadan iborat
ishchi qismi gayka va vint yordamida biriktiriladi. Ko’zgu dastasi egilgan bo’lib,
tabaqalari ikki yoqqa ochilgan xolda ushlab turish uchun prujinalar bilan
ta'minlangan. Ko’zguning tabaqalari silliq, pardozlangan bo’lib, 30x13 markali
po’latdan tayyorlanadi.
LOR amaliyotida ham ikki tabaqali burun ko’zgusi tashhis qo’yish jarayonida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: