O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi



Download 1,51 Mb.
bet31/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

Bolalarning tevarak-atrofidagi fazoda mo‘ljal olishni o‘zlashtirishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkinki, bolalar tevarak-atrofni mo’ljal olishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy tushunchalardan murakkabroq, tevarak-atrof tushunchalariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqlaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir. Bolaning tabiatni, atrofni yanada ko‘proq o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir. Predmetlarning «birin-ketin», «ketma-ket» qo‘shilishi bolalarda bir guruh predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi. Masalan, hamma o‘yinchoqlar ketma-ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi o‘rinda turibdi.
Bola tevarak-atrofda joylashgan obyektlar o‘rnini aniqlashga (oriyentirovka qilishga) o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami yoki o‘ng tarafdami, farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak-atrofni mo‘ljal olishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak. Tevarak-atrofni anglash psixo-fiziologik mexanizmga ham bog‘liqdir, u inson ongidagi ko‘rish, eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa, bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyg‘ularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak-atrof haqidagi lug‘atlarining boyib borishi ularning tevarak-atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. Chet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak-atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga bog‘lab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak-atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. Tevarak atrofga nisbatan mo'ljal olish, o'ziga va buyumlarga nisbatan mo'ljal olish, yo'nalish bo'yicha harakat qilish, bir biriga nisbatan mo'ljal olish munosabatlarini aniqlash.Tevarak- atrofda fazoda muljal olish. Narsalarni o’ng qo’l bilan chapdan o’ngga qarab terish ko’nikmasini mustakkamlash.U yoki bu predmetning o’ziga nisbatan joylashuvini so’z bilan ifodalashni o’rgatish; oldimda - stol, orqamda - shkaf, pastda - pol, yuqorida - ship, o’ng tomonimda - deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf - uzoqda, stul - yaqinda .Bolalarga berilgan yo’nalishda;oldinga-orqaga, o’ngga-chapga) harakat qilishni o’rgatish.Tevarak- atrofda fazoda mo’ljal olish bo’yicha ishlash bir necha yo’nalishda o’tkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqqil bo’lib qolishadi, o’yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o’rnatilgan tartibga amal qilishadi. O’rta guruhda ular oshhonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o’rgatiladi, o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashgulotga tayyorlashga o’rgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o’quv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini o’zlashtirish bilan bog’liq. Bolalar endi binoda va bolalar bog’chasi uchastkasida erkinroq mo’ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, tibbiyot xonasi qaerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning xammasi atrofni o’rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo’ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yo’nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o’qishdan tashqari vaqtda xam keng joriy qilinadi.
O‘rta guruhda o‘quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni xam xal qiladi:
1) fazo xaqidagi dastlabki bilimlarni
mustaxkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o’yinlarda, dasturning boshqa bo’limlariga bag’ishlangan mashgulotlarda xar xil xayotiy situatsiyalarda qo’llashga o’rgatadi. Maktabgacha davlat o’quv dasturining «Tevarak- atrofda mo’ljal olishbulimiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o’ziga nisbatan yo’nalishni aniqdashni, berilgan yo’nalishda xarakat qilishni (oldiga-orqaga, yuqoriga-pastga, o’ngga-chapga), o’ziga nisbatan buyumlarning xolatini so’zlar bilan tushuntiradi.
Ammo oldin bolaga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishda turgan, ya’ni oldida-orqasida, o’ngda-chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga doir topshiriq beriladi. O’yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga, uning yoniga joylashtirish ma’qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig’iga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o’z oldida, chapida va o’ngida qanday buyumlar turganini aytadi. SHundan keyin tarbiyachi boladan o’ngga, chapga turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yonalishda turganligini aytishni so’raydi. Fazoda;top-chi, bunda nima bor?”, “Biling-chi, nima o’zgaribdi?” tipidagi mo’ljal olishga doir mashqlar o’yin xarakteriga ega bo’lishi kerak. 
Katta guruhda bolalarni vaqt bo’yicha mo’ljalga olishga o’rgatish Vaqtni chamalash. Bolalarni soatlarning turlari va ularning tuzilishi;strelkalari, bilan tanishtirish. Vaqtning eng kichik birliklari soniya va daqiqa xaqida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniqlikdagi vaqtni belgilashga o’rgatish.Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana bo’lganligini, ertaga qanday sana o’lishini aytishga o’rgatish.Xafta kunlari va yil fasllari izchilligi xaqidagi bilimlarni mustaxkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq qildirish.O’rta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lugatlarida sutka qismlarining nomlarini mustaxkamlaydi, bolalarning vaqtning bu oraliqlari xaqidagi tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar etiborlarini sutka qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xar doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashiiishini, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka qismlarining ketma- ketligini oilishlarini mustaxkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular bo’yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Rasmlarga qarab bo’linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to’gri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirigini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka suzining mazmunini ochib berish mumkin. O’rta guruhda bolalar “kecha, “bugun, “ertaga” tushunchalarini farqlashni o’rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan xar doim foydalanish buning uchun eng yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi o’yinchoqni ko’rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o’yinchoq ko’rsatishi va ular shu o’yinchoqni o’ynashlari haqida ogohlantirishi kerak. Yoki tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashgul bo’lganliklarini, bugun ertalab nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr kildik, bugun esa parkka boramiz” va xk. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan xar doim shunday muloqotda bo’lib, bu tushunchalarni o’zlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-sekin” tushunchalari bilan tanishadilar.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish