O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet451/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

O‘zbekiston Milliy universiteti 
 
V. Ma’ruzalar matni 
 
O‘zbek mumtoz adabiyoti  tarixi 
(Prof. H.BOLTABOEV) 
 
K I R I Sh 
       
O‘zbekiston  Respublikasida  «Kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi»  qabul  qilingandan 
so‘ng (1997 yil 6 oktabr) universitet ta’lim tizimiga ham qator o‘zgarishlar kiritildi. Oliy ta’lim 
tizimining  ikki  bosqichli,  ya’ni  bakalavriat  va  magistratura  ta’limlari  joriy  qilindiki,  bu 
shubhasiz,  O‘zbekistondagi  milliy  ta’lim  tizimini  jahon  andozalari  asosida  qayta  yaratishning 
ijodiy mahsulidir. Shundan kelib chiqib, universitetlarda tayyorlanadigan filolog mutaxassislarga 
qo‘yiladigan  talablarni  ham  keskin  o‘zgartirish  taqozo  qilinadi.  Ushbu  yo‘nalishda 
universitetlarda  tayyorlanayotgan  pedagog  va  ilmiy  kadrlar  jahon  standarti  talablariga  javob 
berishi lozim bo‘ladi. 
«O‘zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixi»  kursini  o‘qitishda  professor-o‘qituvchilar  jamoasi 
oldiga  qator  talablar  qo‘yish  zarurati  ham  tug‘ilmoqdaki,  bizningcha,  bularni  quyidagi 
yo‘nalishlarda aks ettirish mumkin: 
-  O‘zbek  mumtoz  adabiyoti  namunalarini  o‘rganishda  birinchi  navbatda  badiiy  matn  va 
birlamchi  manbalar bilan ish yuritish
-  O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgunga  qadar  e’lon  qilingan  badiiy  matn 
nashrlariga tanqidiy yondashish, ularni birlamchi manbalar asosida to‘latish; 
-  o‘zbek  mumtoz  adabiyoti  namoyandalarining  asarlarini  o‘rganishda  adabiyot 
namunalariga so‘z san’atining boqiy talablaridan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lish; 
-  mumtoz  adabiyot  vakillarining  ijodini  o‘rganganda  ularning  asarlarida  yorqin  aks  etib 
turgan  diniy  qadriyatlar  ta’siriga  hurmatda  bo‘lish,  ularni  tushunish  va  tushuntirishda  Qur’oni 
karim oyatlaridan va Hadisi sharif hikmatlaridan xabardor bo‘lish; 
-  ayrim  badiiy  asarlar  tahlilida  ular  tasavvufiy  talqinlar  bilan  ham  yo‘g‘rilganliklarini 
hisobga olish, o‘sha asarlarda aks etgan tasavvufiy timsol va ramzlar ma’nosini anglashga hamda 
talabalarga tushuntirishga harakat qilish. 
 Mazkur  majmuani  yaratish  davomida  Milliy  istiqlol  mafkurasi  talablarini  unutmagan 
holda  adabiyot  tarixining  ko‘plab  muammoli  masalalariga,  xususan,  davrlashtirishning  tarixiy 
tamoyillariga,  sho‘rolar  davrida  sun’iy  ravishda  adabiyotimiz  tarixidan  chiqarib  yuborilgan 
ayrim  ijodkorlar  va  asarlarga  xolis  munosabatda  bo‘lish,  mafkuraviy  tazyiq  ostida  adabiyotga 


 
311 
kiritilgan  «nazariy»  ma’lumotlardan  xalos  bo‘lish,  badiiy  asarlarni  tushunish  va  tushuntirishda, 
asosan,  go‘zallik  qonuniyatlariga  amal  qilish  kabi  hodisalarga  duch  kelindi  va  ularni  imkon 
qadar zamonaviy talablar bilan yoritishga harakat qilindi. 
 Mazkur majmuani tayyorlashda universitet ta’limi uchun an’anaviy hisoblangan faqatgina 
ma’ruza matnlariga emas, balki amaliy hamda seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’limga alohida 
ahamiyat  berildi.  Yangi  pedagogik  texnologiyani  joriy  etishda  badiiy  matnni  o‘rganishning 
zamonaviy  usullaridan  foydalanish  (kseroks  xizmati,  fotonusxalar,  vazn  xususiyatlarini 
o‘rganishda kompyuter imkoniyatlarini hisobga olish) ham nazarda tutiladiki, busiz boy adabiy 
merosimizni bugungi kunda o‘rganishning imkoniyati nihoyatda cheklangandir. Nihoyat, mazkur 
majmuani  yaratishda  O‘zbekiston  Respublikasi  universitet  ta’limi  uchun  bugunga  qadar 
yaratilgan tajribalar ham ijodiy o‘rganildi va yangilandi.  
«Islomga  qadar  yaratilgan  adabiy  yodgorliklar»  bobi  ostida  Markaziy  Osiyoda  islomga 
qadar  yaratilgan  yozma  adabiy  manbalar,  ularning  saqlanish  shakllaridan  qat’iy  nazar  izchil 
davriy  tartibda  o‘rganilishiga  e’tibor  qaratildi.  «IX-XII  asrlar  adabiyoti»  deyilganda  Markaziy 
Osiyoda  musulmonlik  qabul  etilgandan  keyin  vujudga  kelgan  ilk  turk-islom  davlatlari 
somoniylar,  xorazmshohiylar,  g‘aznaviylar  va  qoraxoniylar  davrida  yaratilgan  adabiy 
yodgorliklar  nazarda  tutiladi.  Tarixiy  davrlashtirish  tamoyillariga  ko‘ra,  bu  davrdan  so‘ng 
mo‘g‘ul  istilosi  davri  voqealari  o‘rganilishini  nazarda  tutgan  holda  Chingizxon  davrida 
yaratilgan  yagona  yirik  adabiy  manba  «Kisasu-l-anbiyo»ni  ham  mana  shu  davrning  ma’naviy 
ne’mati  tarzida  berildi.  Keyingi  adabiy  davr  o‘zbek  milliy  ma’naviyati  taraqqiyotida  avvalgi 
tarixiy  davrlardan  sifat  jihatidan  keskin  farq  qiladigan  adabiy  hodisa  bo‘lgani  uchun  ham  uni 
«Temuriylar davri adabiyoti» unvoni bilan taqdim qilindi. «XVI-XIX asrlar (I yarmi) adabiyoti» 
nisbatan  keng  va  adabiy  manbalarga  boy  davr  bo‘lganiga  qaramasdan,  Markaziy  Osiyodagi 
xonlik tuzumining tarqoqlashgan davriga to‘g‘ri kelgani uchun va bu adabiy davr tarix sahnasiga 
Shayboniyxon  sulolasining  chiqishi  va  so‘nggi  temuriy  hukmdorlardan  Boburshohning 
Afg‘oniston  va  Hindistonga  chekilishi  ham  ayni  mana  shu  davr  voqealariga  aloqador  bo‘lgani 
uchun  avvalgi  dasturlarda  «XIV-XV  asrlar  adabiyoti»  namunasi  sifatida  tavsiya  etilgan 
Zahiriddin  Muhammad  Boburshoh,  Shayboniyxon,  Muhammad  Solih  v.b.  ijodkorlar  ham, 
asosan,  «XVI-XIX  asrlar  (I  yarmi)  adabiyoti»  mavzusi  ostida  berilishi  maqsadga  muvofiq  deb 
topildi. 
 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish