О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

2. O`zbek etnografiyasi
 
O`z ilmiy faoliyatini juda yoshligidan boshlagan va 1920 yilda tashkil etilgan O`rta Osiyo 
Davlat universitetiga kelib ishlagan etnograf professor N. G. Mallitskiy, mashxur olimlar M. S. 
Andreev, A. A. Semyonov, A. A. Dinaevlar keyingi yillarda xdm ilmiy ishlarini davom ettirdilar 
va O`rta Osiyo xalqlari haqida ko`pgina tarixiy-etnografik asarlar yaratdilar. Ular o`z bilimlarini 
xalq  xizmatiga  bag`ishlagan  bo`lsalarda,  dastlabki  yillarda  ularning  dunyoqarashi  va 
metodologiyasida burjua faniga xos ba`zi xatolar ma`lum darajada saqlanib qoldi. Bu hol o`sha 
davrda yosh mutaxassislarni tayyorlashda o`z aksini topdi. eski olimlarning oliy o`quv yurtlarida 
ta`lim  berishi  tufayli  20-yillarda,  hatto  30-yillar  boshida  etnografiya  fanining  vazifalari  haqida 
mujmal,  noaniq  tushunchalar  ma`lum  darajada  tarqalgan  bo`lib,  tadqiqotchilarning  diqqat 
markazida deyarli o`tmishga oid^ masalalarni o`rganish turgan edi. Avvalgidek, turar joy va   uy-
ro`zg`or,        kiyim-kechak      va      taomlar,        oilaviy      va  ijtimoii  turmush  dinii  e`tiqodlar  va 
etnografiyaga  oid  boshqa  masalalarni  bir-biridan  ajratilgan  holda  o`rganish  va  ularni  ijtimoiy 
turmush hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan bevosita bog`liq ekanligini ko`rsatmaslik o`sha 
davrda paydo bo`lgan ilmiy ishlarning asosiy kamchiligidir. Ijtimoiy voqelik har bir tadqiqotchi 
etnograf  oldiga  mutlaqo  yangi,  rivojlanish  davriga  xos  vazifalarni,  chunonchi,  har  bir  xalqning 
xo`jaligi,  ijtimoiy  tuzumi  va  madaniyatidagi  xususiyatlarni      o`sha  davrning    nuqtai  nazaridan 
qarab o`rganish vazifasini qo`ygan edi.
 
Asrimizning  dastlabki  yillaridayoq  fan  va  ma`rifat  organlari  Turkiston  respublikasi 
xududida  etnografiyaga  oid  tadqiqotlarni  o`tkazishga  katta  e`tibor  berdi.  1918  yilda  ochilgan 
Turkiston xalq dorilfununida o`zbek etnografiyasidan maxsus kurs o`qitila boshlashi va bu kurs 
bo`yicha dasturning bosilib chiqishi mazkur fikrimizga dalil bo`la oladi.
 
O`rta  Osiyoda  1920—1924  yillarda  o`tkazilgan  aholi  ro`yxatining  tashkilotchisi  va  faol 
qatnashchisi  I.P.Magidovich  diqqatga  sazovor  ish  qildi.  U  o`zining  aholi  o`rtasida  to`plagan 
tarixiy  etnografiyaga  oid  ma`lumotlariga  asoslanib,  o`zbek  xalqi  qabilalarining  ro`yxati  hamda 
ularning qisqacha etnografiyaga oid tavsifini berdi. Mamlakatimiz aholisining qabilaviy tarkibini 
o`rganish  komissiyasining  a`zosi  I.I.Zarubin  ham  o`zbek  etnografiyasi  haqida  materiallar 
to`plab,  ba`zi  maqolalar  chop  etgan  edi.  SHu  yillari  ajoyib  geograf  va  etnograf  professor 
N.G.Mallitskiy  o`zining  ma`ruzalari  va  ilmiy  geografik  asarlarida  o`zbeklarning  urug`-aymog`i 
va  ularning  etnografiyaga  oid  tavsifini  berdi.  Butun  umrini  O`rta  Osiyoda  o`tkazgan,  mahalliy 
tillarni to`liq egallagan va nihoyatda ko`p asarlar yaratgan iste`dodli tadqiqotchilar M.S.Andreev 
va  A.A.Semyonovlar  ham  o`zbek  etnografiyasini  o`rganishda  muhim  hissa  qo`shdilar.  1920  va 
1921  yillarda  M.S.Andreev  boshchiligida  shimoliy  Farg`ona  va  Samarqand  viloyatida 
o`tkazilgan etnografiyaga oid ilmiy safar nihoyatda boy ma`lumotlar to`plagan edi.
 
30-yillarga  kelib  atoqli  rus  olimlaridan  S.P.Tolstov  va  L.P.Potapov  o`zbek  xalqi  va  O`rta 
Osiyodagi boshqa xalqlarning etnografiyasini o`rganish ishlarini jonlantirib yubordi. Bu olimlar 
o`tmishning  ijtimoiy  tuzum  shakllari  va  sarqitlari  masalasini  ilmiy  nuqtai  nazardan  yoritib, 
kapitalizmgacha  bo`lgan  ishlab  chiqarish  munosabatlariga  doir  yoritilmay  kelgan  ko`pgina 


 
45 
masalalarni  oydinlashtirdilar.  Mazkur  tadqiqotchilar  O`rta  Osiyo  xalqlari  etnografiyasini 
o`rganishga mahalliy sharoitni hisobga olgan holda yondashdilar.
 
Hukumatimizning  fanni  har  tomonlama  rivojlantirish  haqida  ko`rsatayotgan  doimiy 
g`amxo`rligi  tufayli  eski  etnografiya  markazlari  tashkiliy  jihatdan  mustahkamlanibgina  qolmay 
balki yangi etnografiya markazlari ham barpo etildi. Bu markazlar oliy o`quv  yurtlarida hozirgi 
zamon  talablariga  javob  beradigan  darajada  ta`lim  olgan  yangi  etnograf  kadrlar  bilan 
ta`minlandi.
 
O`zbekiston  hududida  urushdan  avvalgi  yillarda  katta  etnografiya  ishlarini  o`tkazish 
dastlab  O`rta  Osiyo  davlat  dorilfununida  hamda  qadimgi  yodgorliklar  va  san`atni        muhofaza    
qilish    qo`mitasida,    shuningdek, Toshkent, Samarqand va Buxoro muzeylarida markazlashgan 
edi. Keyinchalik, 1943 yilda tashkil topgan O`zbekiston fanlar akademiyasi, chunonchi, tarix va 
arxeologiya  institutining  etnografiya  bo`limi  kelajakda  etnografiyaga  oid  tadqiqotlarning 
markazi bo`lib qoldi.
 
Hamdo`stlikda istiqomat qiluvchi barcha xalqlarning, shu jumladan, o`zbeklarning moddiy 
va  ma`naviy  madaniyati,  xalq  san`ati  va  fol’klorining  xususiyatlarini  aniqlash  uchun  ularning 
etnografiyasini  o`rganish  1917  yildan  keyingi  dastlabki  yillarda,  ayniqsa  urushdan  keyingi 
davrlarda juda keng avj oldi.
 
O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  tarix  va  arxeologiya  institutining  1950 
yildan  boshlangan  Farg`ona  etnografiya  ilmiy  safari  keyinroq  Toshkent  vohasi  va  boshqa 
viloyatlarda o`tkazgan ilmiy safarlari bunga misol bo`la oladi.
 
O`zbek  xalqining  etnografiyasini  o`rganish  sohasida  markaziy  etnografiyaga  oid 
muassasalar  xdm  keng  miqyosda  ish  olib  bormoqdalar.  Bu  muassasalar  xdr  yili  yirik  ilmiy 
safarlar  tashkil  etib,  mahalliy  etnograflar  bilan  hamkorlikda  ish  olib  bormoqdalar.  Moskva  va 
Sankt-Peterburg etnograflari tomonidan tashkil qilingan ilmiy safarlar bir necha yillardan buyon 
Janubiy  O`zbekiston  va  Zarafshon  vodiysida  o`tmishda  yarim  ko`chmanchi  bo`lgan  o`zbeklar 
qabilasini  ularning  ilgarigi  va  hozirgi  turmush  tarzini  o`rganish  ustida  ish  olib  bormoqda.  Bu 
ilmiy safarlarning ishlarida o`zbek etnograflari ham ishtirok etmoqdalar.
 
Xorazmda  chorak  asrdan  ko`p  vaqtdan  beri  ish  olib  borgan.  S.P.Tolstov  rahbarligidagi 
arxeolog  —  etnograflarning  ilmiy  safari  O`zbekiston  xalqlarining  turmush  va  madaniyatini 
o`rganishda  yangi  sahifa  ochdi.  Bu  ilmiy  safar  asosan,  qadimgi  Xorazm  madaniyati 
yodgorliklarini  o`rganish  bilan  birga  Xorazm  vohasidagi  o`zbeklarning  etnografiyasini  ham 
tekshirdi. Urushdan keyingi davrda ilmiy safar tarkibida ikki o`zbek etnografiya guruhi shimoliy 
va janubiy O`zbekiston etnografiya guruhlari tuzildi. Bu guruhlar oldiga voxddagi hozirgi o`zbek 
aholisining  moddiy  va  ma`naviy  madaniyatini  mufassal  o`rganish  qo`yildi.  Ilmiy  safar  ko`p 
yillar  davomida  olib  borgan  ishlarining  ajoyib  samaralarini  bir  necha  jilddan  iborat  kitoblarda 
yoritib berdi.
 
Xorazm  ilmiy  safari  O`zbekiston  hududida  yashovchi,  lekin  o`sha  vaqtga  qadar  butunlay 
unutib  qo`yilgan  qoraqalpoq  xalqi  etnografiyasini  o`rganish  sohasida  ham  katta  ishlar  qildi. 
Ilmiy  safarning  Qoraqalpog`iston  guruhiga  atoqli  etnograf  T.  A.  Jdanko  rahbarlik  qildi.  Olima 
qoraqalpoqlarning  tarixiy  etnografiyasiga  oid  ajoyib  asar  yaratdi.  Guruh  ishida  mahalliy 
etnograflardan  S.  Kamolov,  Qo`sbergenov  va  U.  A.  SHelekenovlar  ishtirok  etdilar.  Ular 
tomonidan yozilgan kichik maqolalar Xorazm ilmiy safari asarlari to`plamining uchinchi jildida 
nashr  etildi.  Mazkur  yirik  ilmiy  safarlarda  bevosita  ishtirok  qilish  mahalliy  o`zbek  etnograf 
mutaxassislari  uchun  ajoyib  bir  maktab  bo`ldi.  Bundan  tashqari,  mahalliy  millat      vakillaridan   
bir      guruhi      Moskva      va      Sankt-Peterburg  shaharlaridagi  peshqadam  etnograflar  raxbarligi 
ostida maxsus ta`lim olib qaytdilar.
 
Etnografiya  faniga  xos  kompleks  masalalarni  bir-biriga  bog`lab  tadqiq  qilish  xususiyati 
o`zbek  xalqi  etnografiyasini  har  tomonlama  o`rganishga  imkon  tug`dirdi.  Bu  imkoniyat 
tadqiqotchilar oldiga yangi muhim vazifalar qo`ydi.
 
1917—1990  yillarda  paydo  bo`lgan  xilma-xil  va  mazmunli  ilmiy  tadqiqotlar  o`zbek 
xalqining kelib chiqishi, xo`jalik  faoliyati, moddiy  va ma`naviy madaniyati, ijtimoiy va oilaviy 
turmushini mukammal ravishda umumiylashtirishga imkon beradi.
 


 
46 
To`ntarishdan  ilgari  va  undan  keyin  ham  ancha  vaqtgacha  echilmay  kelgan,  mujmal  va 
chuqur  o`rganilmagan  muhim  masalalardan  biri  o`zbek  xalqining  kelib  chiqishi,  uning  etnik 
tarkibi  va  o`zbek  millatining  shakllanish  masalalari  edi.  Arxeolog  va  tarixchilardan  tashqari  bu 
muammolarni hal  qilishda etnograflarning ham  xizmatlari  kattadir. O`zbeklarning etnogeneziga 
oid  dastlabki  ilmiy  ishlar  ichida  daliliy  ma`lumotlarga  boy  bo`lgan  professor  E.  D. 
Polivanovning asarlari katta ahamiyatga egadir.
 
Atoqli  tarixchi  —  sharqshunoslar  A.YU.YAkubovskiy,  A.A.Semyonov  va  P.P.Ivanovlar 
o`zbek  xalqining  kelib  chiqishi  va  etnik  tarkibi  masalalariga  o`zlarining  mazmunli  asarlarida 
ancha o`rin berganlar. Bu muhim masalalarni yoritishda R. G. Muqminova va B. A. Ahmedovlar 
ham ma`lum hissa qo`shganlar.
 
Zamonamizning  eng  murakkab  va  muhim  muammolaridan  biri  milliy  masaladir.  Har  bir 
xalqniyg milliy shakllanishi, etnik tarkibi va xususiyatlari, o`
zaro 
yaqinlashuvi kabi masalalarni 
chuqur  tushunish  uchun  ayrim  etnografik  guruhlarni  har  tomonlama  o`rgapit  zarur. 
O`zbeklarning  ayrim  qabila  va  urug`larini  tadqin;  qilish  va  ularning  o`zbek  millatiga  singib 
ketish

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish