О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Rus sharqshunosligi va arxeologiya



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

1. Rus sharqshunosligi va arxeologiya
 
Tarixiy  ma`lumotlarga  qaraganda,  tarixchilik  O`rta  Osiyoda  juda  ham  qadimdan 
boshlangan.  Xorazmlik  mashhur  olim  Beruniyning  yozishiga  ko`ra,  arab  istilochilari  O`rta 
Osiyodagi mahalliy olimlarni yo`qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni 
ham  yo`q  qilib,  yondirib  yuborganlar.  SHu  sababli  eng  qadimgi  zamonlarda  yozilgan  asarlar 
saqlanmagan.  Ming  yil  davomida  yozilib  kelgan  tarixiy  asarlar  juda  ko`p.  Muhammad 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Bal`amiyning «Tarix tabari tarjimasi» kabi asarlari yozilganiga 
ming yildan oshdi.
 
Lekin  O`rta  Osiyoda  arxeologiya,  yuqorida  aytilganidek  juda  yosh  fan.  Rossiyada  bu  fan 
XVIII  asrning  o`rtalarida  paydo  bo`lib,  XIX  asrda  ancha  rivojlangan.  O`sha  vaqtda  olimlar 
Rossiya  erlarida  ko`p  topilgan  O`rta  Osiyo  qadimgi  tanga  pullarini  to`plab,  ularni  tekshirib, 
Rossiya  bilan  O`rta  Osiyo  xalqlarining  qadimdan  iqtisodiy  aloqada  bo`lib  kelganligini  isbot 
etdilar. XIX asrning ikkinchi  yarmida, O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin, 
bu erga kelgan har bir mutaxassis va savodli kishi qal`alar xarobasini, sun`iy tepalarni, shaharlar 
xarobalarini,  qadimdan  qolgan  bino  xarobalarini  ko`rib,  ularning  tarixini  surishtira  boshladilar. 
Natijada 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu tarixiy yodgorliklar 
haqida turli ma`lumotlar e`lon qilina boshlandi. Bunday xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto 
«xazina» izlab ba`zi tepalarni buzib yuborishgacha ham bordilar.
 
Bir guruh taraqqiyparvar rus ziyolilari —  arxeologiya havaskorlari hozirgi tarix muzeyini 
tashkil  etib,  har  joyda  topilgan  arxeologiyaga  oid  yodgorliklarni        bu        erga        to`plashga 
kirishdilar. Rus sharqshunoslari N. I. Veselovskiy, V. V. Grigor’ev, I. Kallaur, V. V. Bartol’d, V. 


 
22 
L.  Vyatkin,  shuningdek,  o`zbek  arxeologlaridan  Akrompolvon  Asqarov  va  boshqalar  bu 
yodgorliklarni  tarixshunoslik  nuqtai  nazaridan  o`rganish  ishida  tashabbuschi  bo`ldilar.  O`rta 
Osiyoning  cho`llari,  tog`lari  va  qishloq  erlaridagi  ba`zi  yodgorliklar  haqidagi  turli  afsona  va 
xabarlarni  matbuotda  e`lon  qilish  odat  bo`la  bordi.  Bu  ishga  qozoq,  o`zbek,  tojik,  turkman 
havaskorlari ham tortildi.
 
Hozir  Toshkentdagi  tarih  san`at  va  tabiat  muzeylarida  to`plangan  boy  arxeologiyaga  oid 
ashyolar to`plamining katta qismi o`sha havaskorlar tomonidan XIX asrda yig`ilgan.
 
Bundan tashqari, ular bir qancha muhim yodgorliklarda qazishma ishlari ham olib bordilar. 
Bu borada, ayniqsa, arxeolog-sharqshunos V.L.Vyatkinning xizmatlari alohida tahsinga loyiqdir. 
Rus  sharqshunoslari  buzib  tashlangan  Ulug`bek  rasadxonasining  izlarini  topish  uchun  ko`p 
urindilar,  nihoyat,  Samarqandda  istiq.omat  qiluvchi  V.L.Vyatkin  qadimgi  vasiqalarni  o`rganish 
asosida rasadxonaning o`rnini aniqladi. 1908—1909 yillarda bu joy arxeologik yo`l bilan qazildi 
va  rasadxonaning  g`ildirak  shakldagi  binosining  kursisi,  binoning  buzilgan  g`isht  va  naqshlari 
hamda rasadxonaning sakkizdan bir qismi topildi. Bu ish tarix fani uchun katta kashfiyot bo`ldi. 
SHu  bilan  birga,  arxeologiya  havaskorlari  qadimgi  Samarqanddagi  «Afrosiyob»  tepaligida 
birmuncha qazishmalar o`tkazdilar.
 
XX  asrning  20-  yillarigacha  O`rta  Osiyoda  arxeologiya  mustaqil  fan  darajasiga 
ko`tarilmadi.  Arxeologlar  arxeologiya  yodgorliklarini  ma`lum  tarixiy  bosqichdagi  ishlab 
chiqaruvchi  kuchlarning  taraqqiyot  natijasi  deb  baholay  olmadilar,  ishlab  chiqarish 
munosabatlari qanday  bo`lganini payqay olmadilar, madaniyatni ishlab  chiqarish  taraqqiyoti va 
ijtimoiy  munosabatlar  mahsuli  deb  tushuna  olmadilar,  balki  uni  bironta  din  bilan  yoki  birorta 
«alohida  iqtidorli  shaxslar»  bilan  bog`ladilar.  So`ngra  arxeologiya  yo`li  bilan  topilgan 
buyumlarga  faqat  yozma  tarixni  tasdiqlovchi  material  sifatidagina  qarab,  arxeologiyaning 
imkoniyatlarini chegaralab qo`ydilar. SHuning uchun ham ular tarixning uzoq o`tmish davrlarini 
o`rganishga kirisha olmadilar.
 
Natijada,  arxeologiya  ham,  tarixshunoslik  singari,  idealistik  nazariya  bilan  sug`orilgan 
holda tarixchilarga jiddiy yordam bera olmadi.
 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish