О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


sirini  ochishga yordam berdi.   Usha vaqtda nashr



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

sirini 
ochishga yordam berdi.
 
Usha vaqtda nashr 
qilingan «Turkiston viloyatining gazeti», 
«Turkestanskie 
vedomosti» 
va  boshqa  gazeta  sahifalaridagi  mahalliy  tarchxchi  va  havaskorlar  tomonidpn 
yozilgan 
yodnomalar,  yodgorliklar  haqidagi  kichik-kichik 
xabarlar 
va  maqolalar,  arxeologik 
kollektsiyalar  rus  sharqshunoslarining  mahalliy  tarixchilikka  samarali  ta`sir  ko`rsatganligini  va 
erli  xalq  orasida ham  tarixga qiziqish avj  olganligini ko`rsatadi. Rus  sharqshunosligi  bu tuyg`u 
va intilishlarni qizg`in qarshi olib, qo`llab-quvvatlaganligi Turkiston tarixchiligining rivojlanishi 
uchun yangi sahifa ochib berdi.
 
Sattorxon  Abdug`afforov  ham  rus  sharqshunosligining  bevosita  ta`siri  ostida  tarixchilar 
qatoridan  o`rin  olgan.  U  1876  yili  Peterburgda  chaqirilgan 
III 
xalqaro  sharqshunoslar  s`ezdiga 
A.  Kun,  Jo`rabek,  toshkentlik  Muhammadqulov,  Abdulla  Niyozov  va  Buxorolik  Musajon 
Saidjonovlar  bilan  birga  Turkiston  vakili  bo`lib  qatnashadi.  U  Turkistonga  ruslarning  kelishi 
bilan o`lkaga rus fani ham kirib kelganligini ta`kidlab, bu orqali Turkiston dunyo fanidan yanada 
ko`proq  bahramand  bo`lishiga  ishonch  bildirdi.  O`  o`zining  bu  nutqi  bilan  s`ezd 
qatnashchilarining diqqatiga sazovor bo`ldi. Rus tilini qunt bilan o`rgangan Sattorxon rus tilida 
«Rossiyaning  istilosiga  qadar  Qo`qon  xonligining  ichki  ahvoli  haqida  qisqacha  ocherk»  nomli 
asarini  yozib,  «Turkestanskie  vedomosti»  gazetasining  1892  yil  26,  36-  sonida  va  1893  yil  61- 
sonida bostirdi. Asarda Qo`qon xonligining ma`muriy bo`linishi, boshqaruv idoralari, shahar va 
qishloqdagi  amaldorlar,  ularning  huquqlari,  hokim  va  beklarning  mehnatkash  xalqqa  nisbatan 
tutgan  siyosati,  gunohkorlarga  beriladigan  jazolar,  qo`shinning  tuzilishi,  shuningdek,  sinfiy 
kurashlar,  ya`ni  Xo`jand  va  o`ratepada  xonlikka  qarshi  ko`tarilgan  qo`zg`olonlar,  Toshkent 
hokimi  Mirzaahmadga qarshi xalq  qo`zg`oloni va uning  qo`zg`olonchilar talabiga rozi  bo`lishi, 
Qo`qon  xonligining  chor  Rossiyasi  tarafidan  bosib  olinishi  kabi  masalalar  yoritilgan.  Mahalliy 
o`zbek  tarixchisining  rus  tilida  shunday  bir  tarixiy  asar  bilan  maydonga  chiqishi  rus 
sharqshunosligining  bevosita  katta  ta`sirini  ko`rsatadi.  Bu  asar  rus  sharqshunosligi  uchun  ham 
katta axamiyatga ega edi.
 
Rus  sharqshunoslari,  jumladan,    N.    I.    Veselovskiy  rahbarligida      Akrom      polvon   
Asqarov   kabi   xavaskor tarixchi va arxeologlar etishib chiqdi. Akrom Asqarov Toshkentning 
Rossiya  tomonidan  bosib  olinganiga  qadar  Qo`qon  qo`shinida  nog`orachi  edi.  Toshkent  bosib 
olingach,  u  1870  yillarda  Toshkentda  tashkil  qilingan  ko`rgazmalarda  faol  qatnashdi. 
SHarqshunoslar ta`sirida Turkistondagi yodgorliklarga qiziqib qoladi. O`zining havaskorligi  va  
qizyquvchanligi    bilan    bora-bora  Turkistondagi  fan  ahliga  tanila  boshlaydi.  Akrom  Asqarov 
1884  yilda arxeologiyaga  oid  qazish  ishlari  o`tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor 
N.  I.  Veselovskiyga  yoqib  qoladi,  yordamchi  sifatida  u  bilan  birga  Buxoroda,        Farg`ona   
vodiysida      va        boshqa      joylarda  o`tkazilgan  arxeologiyaga  oid  tadqiqotlarda  qatnashadi,  tez 
fursatda  arxeologiya  bilimini  o`zlashtirib  oladi.  SHuning  uchun  xdm  u  N.  I.  Veselovskiyning 
«tez  fursatda  arxeologiyaga      oid      ishlarni      o`zlashtirib      oldi»      degan  yuksak      bahosiga   
sazovor      bo`lib      arxeologiya      sohasida  mahdlliy  xalq  orasidan  etishib  chiqqan  birdan-bir  fan 
arbobi    amaliyotchi  bilimdon  sifatida  tanildi.  Akrom      Asqarov      N.      I.      Veselovskiydan   
Turkistondagi arxeologiyaga oid yodgorliklarning qaysi biri muhim va qaysi    biri    ustida    ish    
olib    borish    zarurligini so`raganda,   u   unga   ma`lum   ko`rsatmalar   berib   turdi. N.    I.    
Veselovskiy   Turkistondan   ketgandan   keyin Akrom    Asqarov    bir    necha    yil    mustaqil    
ravishda  arxeologiyaga  oid  tadqiqot  ishlari  olib  bordi.  Uning  faoliyati  xdqida  mahalliy  va 
markaziy  matbuotda  hech  narsa  yozilmagan  bo`lsa-da,  ammo  uning  to`plagan  boy  va  qimmatli 
arxeologiyaga oid ashyolar to`plami o`sha yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko`lamda 
ish  olib  borilganidan  dalolat  beradi.  Akrom  Asqarov  1891  yilda    vafot    etgach,    uning    boy   


 
16 
arxeologiyaga   oid  ashyolar to`plami    juda    ehdiyotlik    bilan    Peterburgga    olib ketilib, 
hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda.
 
«Turksstanskie  vedomosti»  gazetasining  1892  yil  31-  sonida  bosilgan  professor 
evarnitskiyning  «Akrom  Asqarovning  arxeologiyaga  oid  ashyolar  to`plami»  nomli  maqolasida 
berilgan  ma`lumotga  ko`ra,  ashyolar  to`plamida  17  dona  oltin  pul,  1370  dona  kumush  pul,  13 
274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg`a, jezdan yasalgan sulug`, jez oyna, jez iskana, jez 
ketmonlar  (motiga),  turli  joylarda  to`plangan  sopoldan  yasalgan  odam  hdykallari,  bir  bo`lak 
nefrit, isirg`a, krest (but), baldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o`xshash garixiy buyumlar 
bo`lgan. Akrom Asqarovning fan uchun qimmatli bo`lgan bu ashyolar to`plamiga professor N. I. 
Veselovskiy  ham  katta  baho  bergan  edi.  Rossiya  arxeologiya  jamiyati  1887  yilda  uning 
arxeologiya  sohasidagi  xizmatlarini  taqdirlab,  uni  kumush  medal’  bilan  mukofotladi.  O`zi 
to`plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo`lsa-
da, oddiy bir o`zbekning «o`sha vaqtda 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish