Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to‘adi. SHu ma‘noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat
kasb etadi.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob‘ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay
u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va
o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob‘ektning nusxasi, ideal obraz bo‘lib qoladi.
SHunday qilib,
o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin.
Borliq doim hozirgi zamonda mavjud
bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga
ega bo‘lsa, agar u potentsial, ya‘ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob‘ektiv rivojlanish
mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin.
Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan
biz borliq haqida faqat shu ma‘noda so‘z yuritishimiz mumkin.
Ayni shu ma‘noda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida
so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb
etganini nazarda tutamiz.
SHunday qilib
, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon
bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o‘z xususiyatlari,
xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu
muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-
alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning
uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar
muomalaga kiritiladi.
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish
ko‘radi. Ayni zamonda u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish va uning butun rang-barangligini tushunib
etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd
etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat
elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlaya‘man, demak, mavjudman», degan ongli inson
amal qilganini ko‘ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan borliqning ko‘p sonli
turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni
shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi
kunda insoniyat borliqning ko‘p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash
imkonini beradigan tajriba va bilim to‘pladi.
Do'stlaringiz bilan baham: