O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu  –millatparvarlik. U, ma‘lum ma‘noda,  vatanparvarlik 
tamoyilining yanada  muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma‘noda Vatanni sevish degani. Vatansiz 
millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.SHu o‘rinda  millatparvarlikni millatchilik 
bilan qorishtirib yubormaslik to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga 
buyuklik  maqomini  berishga  intilish  bo‘lsa,  millatparvarlik,  boshqalarni  kamsitmagan  holda,  o‘z  millati  ravnaqi 
uchun  kurashish,  bu  yo‘lda,  lozim  bo‘lsa,  o‘z  hayotini  ham  fido  qilish  demakdir.  U  insonparvarlik  bilan  ham 
                                                 
134
 Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар. 


chambarchas  bog‘liq.  CHunki  o‘z  millatini  chin  dildan  sevmagan  odam  hech  qachon  boshqa  millatlarni  seva 
olmaydi. 
Asl millatparvar – milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun 
jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do‘ppi bilan to‘n kiygan o‘zbekni har qanday shoh jamolidan 
afzal ko‘radi: 
SHohu toju xil‘atekim, men tomosho qilg‘ali 
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.
135
 
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga til 
vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat–izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan. 
Millatparvarlik  tamoyili  asosida  milliy  g‘oya  yotadi,  u  millatni  sevish  amaliyotining  –  millatparvarlikning 
ilmiy–nazariy  asosi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Milliy  g‘oyaning  zamonaviy,  biz  tanlagan  ko‘rinishini,  uning 
mafkuraviy jihatlarini Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday ta‘riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday 
millatchilik  va  shunga  o‘xshash  unsurlardan,  boshqa  elat  va  xalqlarni  mensimaslik,  ularni  kamsitish  kayfiyati  va 
qarashlaridan  mutlaqo  xoli  bo‘lib,  qo‘shni  davlat  va  xalqlar,  umuman,  jahon  hamjamiyatida,  xalqaro  maydonda 
o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor».
136
 
Uning  ikkinchi  jihati  esa  mana  bunday  talqin  etiladi:  «Milliy  g‘oya  birinchi  navbatda  yosh  avlodimizni 
vatanparvarlik,  el–yurtga  sadoqat  yo‘lida  tarbiyalash,  ularning  qalbiga  insonparvarlik  va  odamiylik  fazilatlarini 
payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».
137
  
Asl  millatparvar  ana  shunday  bo‘lishi  kerak.  Asl  millatparvar  insonlarning  umri  millatning  umri  kabi 
mangudir.  Millat  yo‘lida  o‘z  jonini  tikkan  Munavvar  qori,  Behbudiy,  Fitrat,  Abdulla  Qodiriy,  CHo‘lpon  singari 
minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon unutmaydi.  

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish