Holl
ar
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar
Hodisalar
1
ASD
-
2
AVSD
d
Ehtimol, V holat d hodisaning sababidir.
Tafovut metodidan bilishning turli xil sohalarida keng foydalaniladi. Masalan, yaxshi ishlayotgan va yaxshi
ishlamayotgan korxonalar solishtirilib, korxonaning yaxshi ishlamasligi sababi aniqlanadi. Medistinada esa ikkita
hayvonlar guruhi – eksperiment o‘tkazilayotgan va nazorat qiluvchi guruhlar qiyos qilinib, eksperiment
o‘tkazilayotgan guruhda sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniqlanishi mumkin. Bunda har ikkala guruh
bir xil sharoitda saqlanib (A, S, D), eksperiment davomida bittasiga V holati qo‘shiladi. Bu esa avvalgi holda yo‘q
bo‘lgan d hodisasining vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Ana shunga asoslanib, «V holati d hodisaning sababi
bo‘lishi mumkin», degan xulosaga kelinadi.
Demak, tafovut metodiga muvofiq,
hodisa vujudga kelayotgan va vujudga kelmayotgan hollar ulardan avval
kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, qolganlarida o‘xshash bo‘lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan
hodisaning sababidir.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq,
bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa,
shu holot kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi yordamida juda ko‘p qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan
uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iqtisodiyotdagi talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar
o‘rganiladi.
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S lar bilan, bu holatlarning o‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan,
hodisani d bilan belgilasak, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo‘yicha amalga
oshishini ko‘ramiz:
Holla
r
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar
Hodisalar
1
AVS1
D1
2
AVS2
D2
....
N
AVS n
dn
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir.
Masalan, Quyoshning dastlabki holotdagi aktivligi S1 ga teng bo‘lganda, Yerda radiastiya darajasini d1 deb
olsak, Quyosh aktivligining S2 darajasiga ko‘tarilishi Yerdagi radiastiya darajasining ham d2 gacha ko‘tarilishiga
olib keladi.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodining qo‘llanishi ma‘lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni taqazo etadi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan hodisaning sababi bo‘lishi mumkin deb ehtimol qilingan holotlar aniqlanishi
kerak. Bu holatlarni A, V, S lar deb hisoblasak, «A yoki V yoki S holat d hodisasini keltirib chiqaradi», degan
ayiruvchi hukm ko‘rinishidagi fikr hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, yuqoridagi holatlar ichidan sababiy aloqadorlikning bir ma‘noli bo‘lishi xususiyatiga ega
bo‘lishi, ya‘ni konkret holatning o‘zgarishi hodisadagi konkret o‘zgarishga olib kelishi shartiga muvofiq
kelmaydiganlari chiqarib yuborilishi (eliminastiya qilinishi) zarur. Yuqoridagi shaklda A va V holatlari aynan
shunday bo‘lib, ular muhokama jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak.
Uchinchidan, eliminastiyadan keyin qolgan yagona holat ajratib olinib, uning o‘zgarishi hodisaning
o‘zgarishiga sababdir, degan xulosaga kelinadi. Bizning shaklda bunday holat S bo‘lib, uning S1 dan Sngacha
bo‘lgan o‘zgarish intensivligi hodisaning d1dan dngacha bo‘lgan o‘zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarga (proporstionallikka) ega bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda, hodisadan avval keladigan holatning
o‘zgarish intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarishi intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda
tutiladi. Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi.
Teskari yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda esa, hodisadan avval kelayotgan holatning
intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarish intensivligining kamayishiga olib keladigan aloqadorlik tushuniladi.
Masalan, tushunchaning hajmi kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: