Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu
hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato
bo‘ladi. YUqoridagi misollardan A – hukm chin bo‘lib, O – hukm xatodir. SHuningdek, I – hukm chin, Ye – hukm
xatodir.
Sig‘ishadigan hukmlardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysunish munosabatida
bo‘ladi. Bunda umumiy hukmlar bo‘ysundiruvchi, juz‘iy hukmlar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida
umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz‘iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz‘iy hukmlar chin
bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. YUqoridagi misoldan A – hukm chin bo‘lgani uchun
unga bo‘ysunuvchi I – hukm ham chin bo‘ladi. Agar umumiy hukmlar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz‘iy
hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda Ye – hukm xato bo‘lgani uchun O – hukm ham xato bo‘ladi.
Ba‘zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz‘iy hukmlar chin bo‘ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz‘iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi.
Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining
xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. YUqoridagi misolimizda O – hukmning xatoligi aniq
bo‘lgani uchun I – hukm chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda
ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston
Qahramoni» hukmlari o‘zaro ekvivalentdir, ya‘ni ular bir xil sub‘ektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan
hukmlardir.
Hukmlarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta
ahamiyatga ega.
Hukmlarning modalligi. Atributiv va munosabat hukmlari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab
hukmlar assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik hukmlari deyiladi. Ularda predikatda ko‘rsatilgan
belgining sub‘ektda bor yoki yo‘qligi haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub‘ektga tegishli
yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat‘iy, kuchli (zaruriy) yoki qat‘iy bo‘lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki
inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal hukmlarda sub‘ekt va predikatning o‘zaro munosabati
haqida muayyan nuqtayi nazardan fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson
abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga
nisbatan kuchli. «Ukam ingliz tilini o‘rganadi» hukmiga nisbatan «Ukam ingliz tilini o‘rganishi mumkin» hukmi
kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir.
Assertorik (voqelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar (operatorlar)ni kiritish orqali
modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi.
Modal hukmlar modal mantiqda o‘rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik
(majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan.
Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko‘rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub‘ekt va predikat o‘rtasidagi
ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy).
Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm-larda
quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi:
«
A» – A zaruriydir.
«
A» – A tasodifiydir.
«
A» – A bo‘lishi mumkin.
«
A» – A bo‘lishi mumkin emas.
Ba‘zan «Lp» –«r zaruriydir», «Mr» – «r bo‘lishi mumkin» belgilaridan ham foydalaniladi.
Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning qonunlarini, shu jumladan, mantiq qonunlarini va ulardan kelib
chiqadigan holotlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo‘lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart».
Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holotlarni inkor etuvchi hukmlar ehtimoliy
hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo‘lishi mumkin emas».
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo‘lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham
ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy hukmlar deyiladi. Masalan, ba‘zi hududlarda dengiz ko‘pigining toshqini
bo‘lishi tasodifiydir.
Ehtimollik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo‘lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan,
«Marsda hayot bo‘lishi mumkin».
Modal tushunchalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin.
Xulosa chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: